Shu'era surasi



26.81 . U meni o'ldirur, so'ngra (qiyomat kuni qayta) tiriltirur.

26.82 . U jazo kuni (qiyomatda) mening xatolarimni mag'firat etishini umid qilurman.

26.83 . Ey, Rabbim! Menga hikmat baxsh etgin va meni solih (banda)larga qo'shgin!

26.84 . Yana men uchun keyingilar o'rtasida yaxshi gaplar paydo etgin!

26.85 . Yana meni ne'matlar bog'ining vorislaridan qilgin!

26.86 . Otamni mag'firat qilgin. U adashganlardan edi.

26.87 . Qayta tiriladigan Kunda meni sharmanda qilmagin!".

26.88 . U kunda na mol-dunyo va na farzandlar foyda bermas,

26.89 . Faqat Alloh huzuriga sog'lom dil bilan kelgan kishilargagina (foyda berur).

26.90 . (U kunda) jannat taqvodorlarga yaqin qilinur.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 next