Shu'era surasi26.31 . (Fir'avn) dedi: "Bas, agar rostgo'ylardan bo'lsang, o'sha (mo''jizang)ni keltir-chi?!" 26.32 . (Muso) asosini tashlagan edi, birdaniga u aniq ajdahoga aylandi. 26.33 . Qo'lini (qo'ynidan) chiqargan edi, bexos u qarab turganlarga oq bo'lib ko'rindi, (holbuki, Muso o'zi qoramtir odam edi). 26.34(Fir'avnatrofidagizodagonlarga: "Aniqki, bu (Muso) bilimdon sehrgardir. 26.35 . U o'z sehri bilan sizlarni o'z yerlaringizdan chiqarmoqchi. Nima deysizlar?" - dedi. 26.36 . Ular aytishdi: "Uni va akasi (Horun)ni qo'yib turgin-da, hamma shaharlarga (sehrgarlarni yig'ib keladigan kishilarni) jo'natgin! 26.37 . Ular senga barcha o'tkir sehrgarlarni keltirsinlar!" 26.38 . Bas, sehrgarlar ma'lum kunda belgilangan joyga to'plandilar. 26.39 . Odamlarga aytildi: "Sizlar to'planib bo'ldinglarmi? 26.40 .Balki, biz, sehgarlar g'olib chiqsalar, ularga ergashurmiz"
|