Shu'era surasi



26.51 . Biz (Musoga) imon keltirganlarning birinchisi bo'lganimiz sababli, Rabbimiz bizning gunohlarimizni mag'firat etishini umid qilurmiz".

26.52 . Biz Musoga: "Bandalarim (Isroil avlodi) bilan tunda yo'lga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur", - deb vahiy yubordik.

26.53 . Bas, Fir'avn barcha shaharlarga (askar) yig'uvchilarni jo'natdi (va dedi):

26.54 . "Aniqki, ular ozgina kishilardir.

26.55 . Darhaqiqat, ular (chiqib ketishlari bilan) bizlarni g'azablantiruvchidirlar!

26.56 . Bizlar ehtiyotkor jamoadirmiz".

26.57 . Bas, ularni (Fir'avn va unga ergashganlarni) bog'lar va buloqlardan ayirdik.

26.58 . Xazinalar va shinam maskandan ham.

26.59 . Yana ularga Isroil avlodini voris qildik.

26.60 . Bas, (Fir'avn lashkari) tong paytida ularning iziga tushdilar.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 next