Shu'era surasi



26.11 . Fir'avn qavmiga. Ular (Mendan) qo'rqmaydilarmi?!" (degan edi).

26.12 . Muso aytdi: "Ey, Rabbim (borurman, lekin) ular meni yolg'onchi qilishlaridan qo'rqaman.

26.13 . Dilim tang bo'lur, tilim esa burro emas. Bas, (birodarim) Horunga ham (payg'ambarlik) yuborgin!

26.14 . Yana ular nazdida mening gunohim bor. Bas, meni o'ldirib qo'yishlaridan qo'rqaman".

26.15 .(Alloh) dedi: "Yo'q (o'ldira olmaslar)! Bas, (Horun bilan) mo''jizalarimizni olib boringlar! Albatta, Biz sizlar bilan birga (savol-javoblaringizni) tinglab turuvchidirmiz.

26.16 . Bas, ikkovingiz Fir'avnga borib aytinglar: "Haqiqatan, biz olamlar Parvardigorining elchilarimiz.

26.17 . Isroil avlodini bizga qo'shib (o'z yurtlari - Falastinga) jo'natgin!"

26.18 . (Fir'avn Musoga) dedi: "Biz seni bolalik chog'ingda o'z ichimizda tarbiyalamaganmidik, umringning bir necha yilida oramizda turgan eding-ku!

26.19 . Keyin noshukrlardan bo'lib qilgan ishingni qilgan eding-ku!"

26.20 .(Muso) aytdi: "O'shanda men u ishni yanglishganlardan bo'lib qilgan edim.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 next