Shu'era surasi26.71 . Ular: "Sanamlarga ibodat qilmoqdamiz. Bas, ularga sig'inishda davom eturmiz", - dedilar. 26.72 . (Ibrohim) aytdi: "Iltijo qilgan paytlaringizda (butlaringiz) sizlarni (iltijolaringizni) eshitadilarmi? 26.73 . Yoki sizlarga foyda yo zarar yetkaza oladilarmi?" 26.74 . Ular dedilar: "Yo'q, bizlar ota-bobolarimizning mana shunday qilishlarini ko'rganmiz". 26.75 .(Ibrohim) aytdi: "Sig'inayotgan narsalaringni (o'ylab) ko'rdilaringizmi? 26.76 . O'zlaring va oldin o'tgan ota-bobolaringiz ham? 26.77 . Albatta, ular menga dushmandir. (Men ularga emas), olamlar Parvardigorigagina (ibodat qilurman). 26.78 . U meni yaratgandir, bas, U meni hidoyat qilur. 26.79 . Uning O'zigina meni yedirur va ichirur. 26.80 . Kasal bo'lganimda, Uning O'zi menga shifo berur.
|