Shu'era surasi



26.61 . Bas, qachonki, ikki jamoa bir-birini ko'rishgach, Musoning hamrohlari: "Bizlar aniq tutildik", - dedilar.

26.62 . (Muso) aytdi: "Yo'q, men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta, U meni (xavfsiz) yo'lga boshlar!"

26.63 . Bas, Biz Musoga: "Asoying bilan dengizni urgin!" - deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) bo'linib, har bir bo'lak (suv) ulkan tog' kabi bo'ldi.

26.64 . Boshqalarni (Fir'avn va uning lashkarini ham) o'sha (yo'l)ga yaqinlashtirdik.

26.65 . Muso va u bilan birga bo'lganlarning barchalarini qutqardik.

26.66 . So'ngra boshqalarni (dengizga) g'arq qilib yubordik.

26.67 .Albatta, bunda ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.

26.68 . Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.

26.69 . (Ey, Muhammad,) ularga Ibrohim xabarini o'qib bering!

26.70. Qachonki, qavmi va otasiga qarab “siz nimaga qarab sig`inyapsiz?”- dedi.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 next