Shu'era surasi26.21 . So'ngra sizlardan qo'rqib qochib ketdim.Keyin Rabbim menga hikmat berdi va meni payg'ambarlardan qildi. 26.22 . O'sha sen menga minnat qilayotgan ne'mat (aslida) sen Isroil avlodini qul qilib olishing tufaylidir". 26.23 . Fir'avn dedi: "Olamlar Parvardigori (deganing) nimasi yana?" 26.24 . (Muso) aytdi: "Agar ishonadigan bo'lsanglar, U osmonlar va Yerning hamda ularning orasidagi barcha narsalarning Parvardigori (murabbiysi)dir". 26.25 . ( (Fir'avn) atrofidagi (a'yon)larga: "Eshitmayapsizlarmi", - dedi. 26.26 . (Muso) aytdi: "(U) sizlarning ham, o'tgan ota-bobolaringizning ham Parvardigoridir". 26.27 . (Fir'avn) dedi: "Sizlarga yuborilgan (bu) payg'ambaringiz, qasamki, jinnidir". 26.28 . (Muso) aytdi: "Agar aql ishlatuvchi bo'lsangizlar, U mashriq va mag'rib hamda ularning o'rtasidagi narsalarning (ham) Parvardigoridir". 26.29 . (Fir'avn) dedi: "Qasamki, agar mendan o'zgani iloh qilib oladigan bo'lsang, albatta, men seni zindonbandlardan qilurman!" 26.30 . (Muso) aytdi: "Agar men senga aniq narsa (mo''jiza) keltirsam-chi?"
|