Shu'era surasi26.41 . Qachonki, sehrgarlar kelishgach Fir'avnga: "Agar biz g'olib bo'lsak, albatta, bizlar uchun (katta) mukofot bo'lurmi?" - deyishdi. 26.42 . (U:) "Ha, u holda, albatta, sizlar mening yaqinlarimdan bo'lursizlar", - dedi. 26.43 . Muso ularga: "Tashlaydigan narsalaringizni tashlanglar!" - dedi. 26.44 . Bas, ular arqon va asolarni (yerga) tashladilar va: "Fir'avnning qudratiga qasamki, albatta, bizlar g'olib chiquvchidirmiz", - dedilar. 26.45 . So'ngra Muso asosini tashlagan edi, birdan u (aso) ularning "yasama"larini yuta boshladi. 26.46 . Bas, u sehrgarlar sajda qilgan hollarida yerga yiqildilar. 26.47 . "Barcha olamlarning Parvardigoriga, 26.48 . Ya'ni, Muso va Horunning Parvardigoriga imon keltirdik", - dedilar. 26.49 . (Fir'avn g'azab bilan) aytdi: "Men izn bermay turib unga imon keltirdingizmi?! Albatta, u (Muso) sizlarga sehr o'rgatgan kattangizdir. Bas, yaqinda bilursizlar Albatta, men oyoq-qo'llaringizni qarama-qarshisiga (o'ng qo'l, chap oyog'ingizni yoki aksincha) kesurman va sizlarning barchangizni osib tashlayman!" 26.50 . Ular dedilar: "Zarari yo'q. Zero, biz Rabbimizga qaytuvchidirmiz.
|