Shu'era surasi26.201 . Ular to alamli azobni ko'rmagunlaricha, unga imon keltirmaydilar. 26.202 . Bas, u (azob) ularga o'zlari sezmagan hollarida to'satdan kelur. 26.203 . So'ngra ular: "Bizlarga (bir oz) muhlat berilarmikan", - deb qolurlar. 26.204 . Bas, ular Bizning azobimizni qistayaptilarmi?! 26.205 . (Ey, Muhammad,) ko'rdingizmi, agar Biz ularni (uzoq) yillar (sihat-salomatlik, moldavlat bilan) foydalantirsak, 26.206 . so'ngra ularga va'da qilingan narsalari (ya'ni, azob) kelganda, 26.207 . ularga (dunyoda) foydalangan narsalari asqotmaydi-ku! 26.208 . Biz birorta ham ogohlantiruvchisi bo'lmagan qishloq (shahar)ni halok qilmadik. 26.209 .Eslatma bo'lsin, deb (shunday qildik), Biz zolim emasmiz! 26.210 . (Qur'onni osmondan) shaytonlar (jinlar) olib tushganlari yo'q.
|