Shu'era surasi26.161 . O'shanda ularga birodarlari Lut aytgan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?! 26.162 . Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman. 26.163 . Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar! 26.164 . Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir. 26.165 . Sizlar olamlardan farqli ravishda erkaklarga yaqinlashurmisizlar?! 26.166 . Hamda Rabbingiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisiz?! Yo'q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsizlar". 26.167 .Ular dedilar: "Qasamki, agar to'xtamasang, ey, Lut, albatta, surgun qilinuvchilardan bo'lursan!" 26.168 . U aytdi: "Albatta, men sizlarning (bu) ishlaringizni yoqtirmaydiganlardandirman. 26.169 . Ey, Rabbim, menga va ahlimga (mo'minlarga) ular qilayotgan ish (kasofati)dan najot bergin". 26.170 . Bas, Biz unga va uning barcha ahliga najot berdik.
|