Shu'era surasi26.101 . na biror qadrdon do'st. 26.102 . Bas, qaniydi yana bir marta (yashashlik) bo'lsa-yu, bizlar ham mo'minlardan bo'lsak". 26.103 . Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin, odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar. 26.104 . Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir. 26.105 . Nuh qavmi payg'ambarlarni inkor etdi. 26.106 . O'shanda ularga birordarlari Nuh aytgan edi: "Allohdan qo'rqmaysizlarmi?! 26.107 . Albatta, men sizlarga yuborilgan ishonchli payg'ambardirman! 26.108 . Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar! 26.109 . Men sizlardan bu (da'vatim) uchun mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir. 26.110 . Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!"
|