Shu'era surasi26.111 . Ular dedilar: "Senga razil (kambag'al) odamlar ergashgan bo'lsa, bizlar senga (qanday qilib) imon keltiraylik?!" 26.112 . (Nuh) aytdi: "Men ularning nima ish qiluvchi ekanlarini bilmasman. 26.113 . Agar sezsalaringiz, ularning hisobkitobi faqat Rabbimning zimmasidadir. 26.114 . Men (so'zingizga kirib) mo'minlarni (huzurimdan) haydovchi emasman. 26.115 .Men faqat ochiq ogohlantiruvchidirman". 26.116 . Ular dedilar: "Qasamki, agar (da'vatingdan) to'xtamasang, ey, Nuh, albatta, toshbo'ron qilinuvchilardan bo'lursan!" 26.117 . (Shunda Nuh) aytdi: "Ey, Rabbim, qavmim meni inkor etdilar. 26.118 . Endi Sen O'zing men bilan ularning orasini ochib qo'ygin va menga hamda men bilan birga bo'lgan mo'minlarga najot bergin!" 26.119 .Bas, Biz unga va u bilan birga bo'lgan kishilarga (ichi) to'la kemada najot berdik. 26.120 . So'ngra, (kema najotidan) keyin qolganlarni g'arq qildik.
|