Shu'era surasi



26.211 . Ular uchun buning imkoni yo'q va ular bunga qodir ham emaslar.

26.212 . Chunki ular (vahiyni xufyona) eshitib olishdan chetlatilgandirlar.

26.213 . Bas, (ey, Muhammad,) Allohga qo'shib boshqa (biror) "iloh"ga iltijo qilmang! Aks holda azoblanuvchilardan bo'lib qolursiz.

26.214 . Yaqin qarindoshlaringizni (Alloh azobidan) ogohlantiring!

26.215 . Sizga ergashgan mo'minlar uchun qanotingizni past tuting!

26.216 . Bas, agar ular itoatsizlik qilsalar, u holda ayting: "Albatta, men sizlar qilayotgan ishdan pokdirman".

26.217 . Qudratli va rahmli (Alloh)ga tavakkul qiling!

26.218 . U Sizni (namoz uchun) turayotgan vaqtingizda ham ko'radi,

26.219 . sajda qiluvchilar (namoz o'quvchilar) orasida kezgan (vaqtingizda ham) ko'rib turur.

26.220 . Albatta, U eshituvchi va biluvchidir.

26.221 .(Ey, Muhammad, ayting): "Men sizlarga shaytonlar (jinlar) kimlarga tushishi haqida xabar beraymi?

26.222 . Ular barcha bo'htonchi, gunohga botganlarga tushurlar.

26.223 . Eshitib olganlarini ularga tashlarlar. (Lekin) Ularning ko'plari yolg'onchilardir".

26.224 . Shoirlarga yo'ldan ozganlar ergashurlar.

26.225 . Ularning har vodiyda (mavzuda) daydishlarini ko'rmadingizmi?!

26.226 . O'zlari qilmaydigan narsalarni gapirishlarini ham?!

26.227 . Ammo, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan hamda doim Allohni yod etgan va (ilgari) mazlum bo'lganlaridan keyin (Islom ravnaq topgach) g'olib bo'lgan kishilar (mustasnodirlar). Zulm qilganlar esa yaqinda qanday oqibat sari ketayotganlarini bilib olurlar!



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22