Shu'era surasi26.191 . Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir. 26.192 . Albatta, (bu Qur'on) olamlar Parvardigorining nozil qilgan (kitob)idir. 26.193 . Uni Ruhul-amin (Jabroil) olib tushdi 26.194 . qalbingizga, ogohlantiruvchi (payg'ambar)lardan bo'lishingiz uchun, 26.195 . aniq arab tilida. 26.196 . Albatta, (Qur'ondagi ayrim xabarlar) o'tganlarning kitoblarida ham bordir. 26.197 . Axir, (Qur'on haqida) Isroil avlodi olimlarining bilishlari ular uchun dalil emasmi?! 26.198 . Agar Biz (Qur'onni) ajamlardan (arab bo'lmaganlardan) biriga nozil qilsak, 26.199 . uni ularga o'qib berganda ham imon keltiruvchi bo'lmas edilar. 26.200 . Kufrni jinoyatchi kimsalarning dillariga mana shunday yo'llab qo'yganmiz.
|