Shu'era surasi26.121 . Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar. 26.122 . Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir. 26.123 . Od (qabilasi) payg'ambarlarni inkor etdi. 26.124 . O'shanda ularga birodarlari Hud aytgan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi? 26.125 . Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman! 26.126 . Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar! 26.127 . Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir. 26.128 . Sizlar har bir tepalikka o'yin-kulgi uchun bir belgi (baland binolar) quraverasizlarmi?! 26.129 . Go'yo mangu yashaymiz, deb qasrlarni solaverasizlarmi?! 26.130 . Qachon (biror kishini jazoga) tutsan gizlar, berahmlarcha tutasizlarmi?!
|