Shu'era surasi



26.171 . Illo (azobda) qoluvchilardan bo'lgan bir kampirga (Lutning imonsiz xotiniga najot bermadik).

26.172 . So'ngra boshqalarni halok qildik.

26.173 . Ular ustiga yomg'ir (tosh) yog’dirdik. Bas, ogohlantirilgan (bu) kimsalarning yomg'iri naqadar yomon bo'ldi!

26.174 . Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.

26.175 . Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.

26.176 . Ayka xalqi ("Daraxtzor egalari") (Shuayb payg'ambar qavmi) payg'ambarlarni inkor etdilar.

26.177 . O'shanda ularga Shuayb aytgan edi: ("Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?!

26.178 . Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman.

26.179 . Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!

26.180 . Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 next