Shu'era surasi26.181 .O'lchovni to'la o'lchanglar va (odamlarga) ziyon yetkazuvchilardan bo'lmanglar! 26.182 . Shuningdek, to'g'ri tarozi bilan tortinglar! 26.183 . Odamlarga narsalarni kamaytirib bermanglar va yer yuzida buzg'unchilik tarqatib yurmanglar. 26.184 . hamda sizlarni ham, oldin yaralganlarni ham yaratgan Zotdan qo'rqinglar!" 26.185 . Ular dedilar: "Aniqki, sen sehrlangan kimsalardandirsan! 26.186 . Sen ham xuddi bizlarga o'xshagan odamdirsan. Bizlar seni yolg'onchi kimsalardan deb gumon qilayapmiz. 26.187 . Bas, agar rostgo'ylardan bo'lsang, ustimizga osmonning bir bo'lagini tashlab yubor!" 26.188 . U aytdi: "Rabbim sizlarning qilayotgan amallaringizni yaxshi biluvchidir". 26.189 . Bas, ular (Shuaybni) inkor etishgach, ularni "soyabon" kunining azobi tutdi. Darhaqiqat, u ulkan (dahshatli) kunning azobi edi. 26.190 . Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin, odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.
|