Shu'era surasi



26.1 . To, Sin, Mim.

26.2 . Ushbular aniq Kitob oyatlaridir.

26.3 . (Ey, Muhammad,) ehtimol, Siz (Makka mushriklari) mo'min bo'lmaganlari uchun o'zingizni halok qilmoqchidirsiz.

26.4 . Agar Biz xohlasak, ularga osmondan mo''jiza nozil qilar edik-da, u sababli bo'yinlari egilib qolardi.

26.5 . Ularga Rahmon (tomoni)dan yangi eslatma kelishi bilan, albatta, ular undan yuz o'giruvchi bo'ldilar.

26.6 . Bas, ular (payg'ambarni) inkor etdilar. Ularga esa o'zlari masxara qilgan narsaning axboroti kelur.

26.7 . Axir, (ular) yerga boqib, unda barcha turdagi foydali navlardan qanchasini undirib qo'yganimizni ko'rmadilarmi?!

26.8 .Albatta, bunda alomat bordir. (Lekin) ularning ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.

26.9 . Rabbingiz esa, U qudratli va rahmlidir.

26.10 . (Ey, Muhammad,) eslang, Rabbingiz Musoga nido qilib: "Zolimlar qavmiga borgin -



1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 next