MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQI2. Sen ulg'aygach, u seni maktabga yubordi. Sening talim olishing uchun ko'p pul sarfladi. 3. Agar kasal bo'lsang, seni davolash uchun doktor va sog'ayishing uchun dori olib kelar edi. Ularga sen nima qilmog'ing lozim 1. Ularga itoat qil, yaxshi ko'r va ularning nasihatlariga amal qil. 2. Ularning oldida odob bilan o'tir, ular sening huzuringga kelsalar, o'rningdan tur va ularning ovozidan ovozingni baland ko'tarma. 3. Ular quvvatli vaqtlarida ular xursand bo'ladigan ishlarni qil. Agar quvvatlari ketib ishga yaroqsiz bo'lib qolsalar, zimmangdagi ularning ba'zi haqlarini ado etishing uchun ular muhtoj bo'ladigan barcha narsalarda ularga yordam ber. 4. Ular senga qattiqlik qilsalar, ularga qo'pol gapirma. Chunki ular faqat sening foydangni hohlashadi. 5. Ertalab turganingda va kechqurun yotishingdan oldin, ularni ko'rganingda ularga salom ber. 6. Ularni g'azablantiradigan narsalardan yiroq bo'l. Ularning uzun umr ko'rishlarini yaxshi ko'r. Shuni orzu qil. Chunki ular ular ham sening salomat bo'lishingni va umring uzun bo'lishini orzu qilardilar. 7. Ularga ozor yetishiga sababchi bo'lma. Yani odamlar bilan urishma va ularning ota-onalarini so'kma. Aks holda ular ham ota-onangni so'kadilar.
|