MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQIBolajonim, uying sen uchun eng aziz makondir. Sen unda hayot kunlaringni o'tkazasan. Unda sen ularning yaxshiliklaridan foydalanadigan ota-onang, seni yaxshi ko'radigan va sen uchun yaxshiliklarni orzu qiladigan oila-a'zolaring yashashadi. Sen u yerda uxlaysan, o'ynaysan, dam olasan, ovqat yeysan va choy ichasan. Shunday ekan sen u yerda chiroyli axloq va go'zal odob bilan quyidagilarga amal qilib yashashing kerak: 1. Maktabdan qaytganingda, Uxlashdan oldin va uyqudan turganingda oila a'zolaringga salom ber. 2. Ota-onangga itoat qil, o'zingdan katta akalaring, opalaring va boshqa qarindoshlaringni hurmat qil va o'zingdan kichkinalarga mehribon bo'l. 3. Agar uyda xizmatkorlar bo'lsa, urib so'kish bilan ularga ozor berma. Agar ulardan biron narsa so'romoqchi bo'lsang, muloyimlik bilan so'ra. 4. Uy jihozlarini, uydagi suratlarni, elyektr qo'ng'iroqlarni va suv jo'mraklarini o'ynama, devor va o'rindiq va ko'rpachalarni kir qilma. Ularga bo'r yoki qalam bilan chizma. Agar uyda bog' bo'lsa, daraht shohlari va gullarni sindirma. 5. Koptok tepib, ko'p baqirib yoki yugirib uydagilarga ham, qo'ni-qo'shnilarga ham ozor beradigan va uydagi narsalarga zarar beradigan o'yinlarni uyning ichida o'ynama. Maktabdan qaytganingda kiyimlaringni ilgakka osib qo'y va ularni qidirib vaqtingni bekor ketkazmasliging uchun kitoblaringni o'zing biladigan joyga qo'y. 6. Darslaringni tayyorlash uchun bir vaqtni tayin qil va o'sha vaqtda boshqa narsaga chalg'ima. 7. Qo'shnilaring va ularning bolalariga nisbatan odobli bo'l. ularni ko'rganingda salom ber. Ularga muloyimlik va odob bilan muomala qil. 8. Agar uyga biron myehmon ota-onangni ziyorat qilib kelsa va sen unga salom bermoqchi bo'lsang, yuz qo'llaringni va kiyimingni tozalab, odob bilan uning oldiga bor.
|