MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQI9. Yuzingga, taominga yoki ichadigan ichimliginga pashsha qo'nishidan ehtiyot bo'l. Chunki u ko'pincha o'zida ba'zi kasalliklarning mikroblarini olib yuradi, ana shularni senga olib kelishi mumkin. 10. Odamlarninng ko'zida hurmatli bo'lishing uchun kiyimlaringning tozaligiga va ko'rinishingning chiroyli bo'lishiga e'tibor ber. 11. Zararli hashoratlar bo'lmasligi uchun sen yashaydigan uyning toza bo'lishiga harakat qil. 12. Sen uxlaydigan hona havosi tozalanib turishi uchun quyosh nurlari kirib turadigan tarafda bo'lsin. 13. Maktab qurollari va sen uyda o'ynaydigan o'yinchoqlaringning tozaligiga rioya qil. Shunda ularning ko'rkamligi saqlanib, ko'rinishi chiroyli bo'ladi. Qo'llaring yoki kiyimlaringni siyoh bilan kir qilib bulg'ama. 14. Doimo pokiza joylarda o'yna va sayr qil. Ovqatlanish odobi Bolajonim, yeyishning bir qancha odoblari bo'lib, sen albatta ularga bo'ysunishing, shunda sening sog'liging yaxshilanib jisming quvvatli bo'ladi. Aqling o'tkirlashib, har xil kasal va og'riqlardan salomat bo'lasan. Quyidagilar ana shu odoblar jumlasidandir: 1. Payg'ambar sollallohu alayhi va olihi vasallamga ergashgan holda yeyishdan oldin qo'llaringni yuv.
|