MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQI12. Agar biron kishiga bilmasdan ozor yetkazib qo'ysang, masalan unga turtilib ketsang yoki qo'lidan biron narsani tushirib yuborsang yoki uning oyoq kiyimini bosib olsang, undan muloyimlik bilan kechirim so'ra. 13. o'zing tanimaydigan odamning yuziga uzoq tikilib turma va nogironlarni-zaiflarni masxara qilma. Ota-ona uchun farzand nima qilishi kerak Bolajonim, ota-onang senga eng yaqin, seni eng ko'p yaxshi ko'radigan va senga juda mehribon insonlardir. Ular sening hayotga kelishing sababchilaridir. Senga g'amho'rlik qilish, tarbiyalash va seni barcha ozorlardan saqlashda ularning juda ham katta xizmatlari bor. Ona fazli 1. Onang seni dunyoga keltirib voyaga yetkazguncha ko'p zahmat chekkandir 2. U sening jisming va kiyimlaringning tozaligiga e'tibor berar edi. tunlarni bedor o'tkazar edi 3. U senga qanday yeyish, ichish, yurish va o'ynashni o'rgatgan, sen o'shanda bularning birontasiga kuchi yetmaydigan bir ojiz bola eding. Senga og'riq bergan narsa uni og'ritar edi, seni xursand qilgan narsa uni xursand qilar edi. Ota fazli 1. Otang har kuni ko'chaga chiqib, qiynalib mehnat qilib, senga kerakli taom, kiyim, o'yinchoq va boshqa narsalarni sotib olib kelar edi.
|