MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQI



- Men shoh bo'lsam, u bir oddiy odam bo'lsa, bu qanday qilib mumkin bo'ladi?

- Islom sizlarning o'rtangizni barobar qilgan, - dedi halifa Umar roziyallohu anhu

- Menga bir kecha muxlat ber, Men bu ish haqida o'ylab ko'ray - dedi Jabala.

Kechasi bo'lganida Jabala Umar roziyallohu anhuning qasos olishidan qo'rqib qochib ketdi.

Bu hikoyatdan ko'rinib turibdiki, Ayham ibn Jabalani kibr va odamlarga nisbatan hurmatsizlik sahroyi arabni urishga majbur qildi. Vaholanki u ja'zolashga arzigulik jinoyat qilmagan. Lyekin Umar o'zi u bilan elga tanilgan adolatni va islom buyruqlariga bo'ysungan holda huquqda odamlarning o'rtasida tyenglikni yaxshi ko'rgani uchun martabada undan past bo'lsa ham, o'zgalarni hurmat qilishga bu shohni majbur qilish uchun sahroyi arabga undan o'chini olib berishni to'g'ri deb topdi.

Quyidagi odoblarga rioya qilish ham odamlarni hurmat qilish jumlasidandir:

1. Salomni oshkora ber va ko'rishganda tabassum qilib, ochiq chyehralik bo'l. Chunki yuzni burishtirish va kibr senga bo'lgan odamlarning nafratini oshiradi.

2. o'zing uchun yaxshi ko'rgan narsani odamlarga ham yaxshi ko'r va o'zing uchun yomon ko'rgan narsani odamlarga ham yomon ko'r. Agar avtobus yoki tramvayda o'tirgan bo'lsang, o'zingga yetarli joydan oshig'ini band qilma. Chunki boshqa odamni yoningda o'tirishidagi haqqidan mahrum qilib qo'yasan.

3. Senga gapirayotgan odamga ovozingni baland ko'tarma. Agar ular ota-onang, o'qituvching kabi sendan yoshi va darajasi katta bo'lgan kishi bo'lsa, senga gapirayotgan paytda uning so'zini bo'lma.

4. o'zingning yoki mashinangning ovozi bilan yoki tyez yurishing bilan odamlarni byezovta qilma. Chunki yo'lda yosh bolalar, zaifa ayollar, ojiz chollar bor. Sening bu qilmishing ularga ozor beradi.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 next