MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQIMana bu hikoyatdan ko'rinib turibdiki, Rasululloh sollallohu alayhi va olihi vasallam Qurayshga yumshoqlik bilan muomala qildilar. Holbuki ulardan o'ch olishga qodir edilar. Chunki ular Nabiy sollallohu alayhi va olihi vasallamga va sahobalarga qattiq ozor berib ularni vatanlaridan haydab chiqargan edilar. Payg'ambar sollallohu alayhi va olihi vasallamning ularga qilgan go'zal muomalalari odamlarning guruh-guruh bo'lib Allohning diniga kirishlariga sabab bo'ldi. Go'zal muomala: Bu sen odamlarga sabr-toqat, odob va yumshoqlik bilan muomala qilishing, ularning yomonliklarini kechirib, yaxshiliklariga rahmat aytishing va ularga yordam berib ulardan zararni daf etishing uchun bor kuchingni sarflashingdir. Quyidagi narsalar go'zal muomala jumlasidandir: 1. Tijoratchi odam odamlar bilan muomala qilganda omonatli bo'lishi. Yani yolg'on gapirmaydi, hiyonat qilmaydi, ularga ochiq chyehrada bo'ladi va ularni chiroyli qarshi oladi. 2. Hunarmand odamlar bergan buyurtmalarni puhta qilmog'i va ularga vada qilgan vaqtiga rioya qilishi kerak. 3. Tabib kasallarga muloyim bo'lsin. Ularga g'amho'rlik qilsin, ko'p haq so'rab ularni qiynab qo'ymasin va kambag'allarning kasallariga e'tibor berib ularni byepul davolasin. 4. Bajarish vaqti kelganda har kim o'z zimmasidagi burchni kechiktirmasdan bajarsin, chunki bu narsa odamlar ko'z oldida uning qadrini ko'taradi. 5. o'quvchi maktabda o'rtoqlariga nisbatan odobli bo'lishi, ulardan o'zini katta tutmasligi va ulardan birontasiga ozor yetkazmasligi kerak. 6. Har bir inson qo'shnisiga nisbatan odobli bo'lishi, uni hurmat qilishi, kasal bo'lsa, uni borib ko'rishi, ko'rinmay qolsa, uning holidan so'rashi, undan biron narsani qarzga olgan bo'lsa, uni o'z vaqtida qaytarib berib, bu yaxshiligi evaziga unga rahmat aytishi kerak. 7. Inson o'ziga fikrda qarshi bo'lgan odam bilan yumshoqlik va muloyimlik bilan munozara qilsin. Chunki bu narsa uning qalbini yumshatadi.
|