MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQI



5. Kambag'alni kambag'alligi uchun tahqirlash va byechorahol yoki nogiron yoki badanida aybi bor insonlarni masxara qilma. Balki uni mubtalo qilgan narsadan seni salomat qilganligi evaziga Allohga shukr qil.

6. Biron kishini u yomon ko'radigan laqab bilan chaqirma. Do'stlaring va tyengdoshlaring uchun laqablar o'ylab topma. Chunki bu ularning his tuyg'ulariga ozor berish demakdir.

Alloh taolo o'zining ushbu so'zida ko'p odoblarni zikr qildi:

“Ey iymon keltirganlar, (sizlardan bo'lgan) birqavm (boshqa) bir (mo'min) qavmdan masxara qilib kulmasin-ehtimolki, (o'sha masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. Yana (sizlardan bo'lgan) ayollar ham (boshqa mo'mina) ayollarga (masxara qilib kulmasinlar)-ehtimolki, (o'sha masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. o'zlaringizni (yani bir-birlaringizni) mazah qilmanglar va bir-birlaringizga laqablar qo'yib olmanglar!”

Chiroyli muomala

Islom kuchayib Alloh taolo o'z payg'ambariga Makkani zabt etishga ruxsat bergach va o'ziga ozor bergan mushriklar ustidan g'alaba qozonib Makkaga kirgan vaqtida ularga:

- Ey quraysh, Meni sizlarga nima qilmoqchi deb o'ylaysizlar?-dedilar nabiy sollallohu alayhi va olihi vasallam.

- Yaxshilik qilasiz deb o'ylaymiz! Siz oliyjanob birodarimizsiz va oliyjanob birodarimizning o'g'lisiz,- deyishdi ular.

- Boringlar, sizlar ozodsizlar,- dedilar payg'ambar sollallohu alayhi va olihi vasallam.

Ular Nabiy sollallohu alayhi va olihi vasallamning oliyjanobligi, kechirimliligi va go'zal muomalali ekanlarini ko'rgach islomga kirdilar.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 next