MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQI



2. Agar biron do'sting yoki qarindoshingni ko'rib qolsang va u bilan ko'rishmoqchi bo'lsang, yo'lning o'rtasida u bilan uzoq turma.

3. Agar ko'chada o'rtoqlaring bilan ketayotgan bo'lsang, eniga bir saf bo'lib ko'chani to'ldirib olmanglar, chunki yo'l yolg'iz sizlar uchun emas.

4. Agar bir ojiz yoki zaif kishi yo'ldan o'tkazib qo'yishlikni so'rab sendan yordam so'rasa, unga yordam ber. Bu byechora bilan yurishga uyalma.

5. Ko'chada ketayotganingda kitob o'qish bilan mashg'ul bo'lma, yon-atrofga ko'p alanglama. Tijorat do'konlari yoki o'yingohlar oldida ko'p turib qolma.

6. Yurganingda shoshilib tyez ham yurma, juda syekin ham yurma, o'rtacha yurgin va doimo oldinga qara.

7. Mashinaga yoki biron bir markabga mingan bo'lsang ham yo'lda ketayotganingda ovqat yeyishing odobdan emas.

8. Yo'lda yotgan toshni oyog'ing bilan tepma va sotuvchilar do'konlarining eshiklariga osib qo'ygan mollarni o'ynama.

9. Agar sen vyelosipyed yoki mashinaga mingan bo'lsang, ko'chaning o'ng tomonidan yur.

10. Yurib ketayotgan tramvayga minishga yoki undan tushishga urinma.

11. Agar yo'ldan adashib qolsang yoki birodaring joyini bilmay qolsang, odob bilan yon-atrofdagilardan so'ra.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 next