MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQI- Men baquvvat bo'lgan vaqtimda bu o'g'lim zaif edi. Men boy bo'lgan vaqtimda u kambag'al edi. Mana endi bugunga kelib, u baquvvat bo'lgan paytda Men zaifman, boy bo'lgan paytda Men kambag'alman. U esa Mendan molini qizg'anayapti,- dedi chol. Payg'ambar sollallohu alayhi va olihi vasallamning unga rahmlari kelib o'g'liga: - Sen ham moling ham otangniki, - dedilar. Payg'ambar sollallohu alayhi va olihi vasallam bu kishi otasi qarib, zaiflashib qolgan chog'ida hayotiy ehtiyojiga zarur bo'lgan molni undan qizg'anib shikoyat qilib kelganini maqul topmadilar. Holbuki mana shu ota u kuchli va ishlashga, mol topishga qodir bo'ladigan darajaga yetgunicha yemay-ichmay uning tarbiyasiga mollarini sarflab, u rohat-farog'atda o'tishi uchun butun kuch-toqatini ishlatib mashaqqat chyekar edi. Mana shu ishlardan keyin farzand otasidan molini qizg'anishi to'g'ri bo'ladimi?! Bolajonim, atrofingga qara va ota-onalarning o'z farzandlariga qilgan ishlarini fikr qil. Ana shunda ota-onang seni tarbiyalash va seni kasallardan davolatishda boshlaridan kechirgan qiyinchiliklarni bilib olasan. Alloh Quronda ularga yaxshilik qilishni o'zining tavhidi bilan yonma-yon zikr qilgan: “Robbingiz yolg'iz Ungagina ibodat qilishingizni va ota-onaga yaxshilik qilishni buyurdiâ€. Ota-onaga yaxshilik qilishning avvali ularga itoat qilishdir. Chunki ular bolalarini zararli narsaga buyurmaydi. Agar ular kasal bo'lib qolsalar, ularni davola, agar ojizlanib kambag'al bo'lib qolsalar, ularga puldan yordam qil. Odamlar ota-onangni so'kmasin desang, sen ularning ota-onalarini so'kma. Ularga muloyimlik bilan gapir. Ularning so'zidan siqilma. Agar tirik bo'lishsa, ularga uzoq umr so'rab, vafot etishgan bo'lsalar, rahmat so'rab ularning haqqiga duo qil. Bu seni tarbiya qilganliklari va yoshligingda mehribon bo'lganliklari evaziga ularga mukofot bo'ladi. Odamlarni hurmat qilish 1. Shom podsholaridan biri Ayham ibn Jabala Kabani tavof qilayotgan edi. Bir sahroyi arab behosdan uning cho'ponining bir chyetini bosib oldi. Jabalaning jahli chiqib, ko'chmanchi arabga tarsaki tushirdi. Ko'chmanchi arab Halifa Umar roziyallohu anhuga shikoyat qildi. Umar unga qasos olinsin deb hukm chiqardi. Shunda Jabala dedi:
|