MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQI



Kattaning o'zidan kichikka mehribonligi

1. O'zingdan kichik ukalaring va singillaringga mehribon bo'l. Holva yoki o'yinchoqlarni ularga bermasdan, o'zingniki qilib olma. Ularning jahlini chiqarma yoki ular bilan janjallashma.

2. Kichkina ukalaringni jinlarni hikoyalariga o'xshash dahshatli hikoyalar bilan qo'rqitma.

3. Agar kichik ukalaringning darslariga yordam berishga kuching yetsa, yordam ber.

Faqirlarga ehson qilish

Bolajonim, kambag'al ham senga o'xshagan inson. Uni ham ochlik va chanqoqlik qiynaydi, sovuq va issiq unga ham ozor beradi. U sen muhtoj bo'ladigan hayot vositalarida senga yordam beradi. Shuning uchun sen unga yaxshilik qilmog'ing va unga mehribonlik qilishing vojibdir. Alloh sening bu qilgan ehsoning evaziga yaxshi mukofot bilan taqdirlaydi:

“Sizlar nimani ehson qilsangiz, Alloh uni evaziga sizlarni mukofot bilan taqdirlaydi.”

Quyidagi ishlar faqirlarga ehson qilish jumlasidandir:

1. Kambag'allarning bolalariga ilm va kasb-hunar o'rgatish uchun byepul maktablar ochish.

2. Ularning kasallarini davolash uchun shifohonalar ochish.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 next