MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQI



2. o'rtadagi idishdan ovqatlanayotganingda o'z oldingdan olib yegin, boshqalar oldidagi narsalarga qarama va hojatingdan oshig'ini yema.

3. Ovqat yeyishdan oldin Allohning nomini aytib “Bismillahir Rohmanir Rohiym” deb aytgin va yeb bo'lganingdan keyin “Alhamdu lillaxillaziy atamani haza va rozaqoniyhi min g'oyri havlim minni vala quvvah” – manosi - “Men tarafidan hyech qanday kuch quvvatsiz shu taomni Menga taom qilib bergan va u bilan Meni rizqlantirgan Allohga hamdu sanolar bo'lsin” deb Unga maqtovlar ayt.

4. o'zing yomon ko'radigan taomni boshqalarni ham undan nafratlantiradigan so'zlar bilan yomonlama.

5. Ovqat yaxshi hazm bo'lishi uchun uni yaxshilab chayna.

6. Og'zingni ovqat bilan to'ldirib olma va og'zingda ovqat bor paytda gapirma.

7. Bir xil ovqat bilan kifoyalan va oshqozoning to'lib ketgungacha ovqat yema. Agar shunday qilsang, ovqat hazm bo'lishi qiyin bo'ladi, kasal bo'lib qolishing mumkin.

8. Aylanib yuradigan sotuvchilarga o'xshagan yaxshi qilinganligi va pokizaligi ishonchli bo'lmagan ovqat va ichimliklarni tanovul qilma.

9. Agar madrasa oshhonasida o'tirsang, to'polon qilma va o'z nasibangdan ko'proq ovqat yeyishga urinma.

10. Agar oshhona xizmatchisidan piyola, qoshiq va salfyetka (qo'l sochiq) kabi biron narsa so'ramoqchi bo'lsang, muloyimlik va o'rtacha ovoz bilan so'ra.

11. Ovqat yeb bo'lganingdan keyin albatta qo'llaringni va og'zingni yuv va tishlaringning tozaligiga e'tibor ber.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 next