MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQI3. Yetimlar, ojizlar, zaiflar va nogironlarga boshpana berish uchun miskinlar uyini ochish. 4. Ularga mollar, kiyim-kechaklar va taomlar sadaqa qilish. 5. Ularning ishga qodirlariga ish topishda ko'maklashish. Toki u o'g'rilik kabi zararli ishlarni qilishga majbur bo'lmasin. 6. Kambag'alni kambag'alligi uchun kamsitma. Chunki kambag'allik uyat emas. Biz avvalo kambag'al qarindoshlarimizga ehson qilishimiz chiroyli bo'ladi. Chunki qarindoshlar bizning yaxshiligimizga boshqalardan ko'ra haqliroqdir. Hayvonlarga mehribonlik Bolajonim, hayvonlar ko'p narsalarda insonga foydalidir. Inson uning go'shtini yeydi, sutini ichadi, tyerisi va junidan kiyimlar qiladi, bir joydan boshqa joyga borishda unga minadi. U dehqonning yordamchisi hamdir; yerini haydab beradi, sug'orish charhpalaklarini aylantiradi va og'ir yuklarini va yig'ilgan hosilini ko'taradi. Shuning uchun biz unga muloyimlik bilan muomala qilishimiz kerak. Chunki u ham his qiladi va uning ham joni og'riydi. Lyekin gapira olmaydi. Quyidagilar unga muloyimlik qilish jumlasidandir: 1. Unga yetarli ozuqa berishimiz.
|