MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQI



7. Katta tanaffusda esa o'rtoqlaring bilan sog'ligingga va axloqingga zarar bermaydigan o'yinlari o'yna. xatarli o'yinlarni o'ynama. Ovozingni baland ko'tarib baqirma. Biron kishini so'kma yoki u yomon ko'radigan laqab bilan uni chaqirma.

8. Senga yordam bergan barcha o'rtoqlaringga va maktab ishchilariga rahmat ayt. Chunki bu odobing go'zalligiga dalolat qiladi va senga ularning muhabbatini oshiradi.

9. o'quv qurollaringni ehtiyot qil, ularni toza tut va kitob javoningga tartib bilan qo'y. Shunda kerak paytda ularni chiqarib olishing oson bo'ladi.

10. Maktabni va undagi jihozlarni huddi uyingni va undagi jihozlarni ehtiyot qilganingdek ehtiyot qil. Devorlarga yozma, suv jo'mraklarini ochiq qoldirma, deraza oynalarini sindirma va partaga qalam bilan chizma.

11. Senga berilgan har bir vazifani o'z vaqtida bajar. Bugungi ishni ertaga qoldirma. Chunki har bir kunning o'z amali bor.

12. Maktabdan odamlar sendan rozi bo'lgan holda qaytgin. Shunda Alloh sendan rozi bo'ladi va senga hayotingda salomatlik va barakotni beradi.

Ko'chada yurish odobi

Bolajonim, ko'chada ko'p odam yuradi. Ularning ba'zilari piyoda, ba'zisi mashinaga mingan, biri shoshilgan va boshqasi shoshmasdan syekin ketayotgan, ulardan ba'zisi yoshi katta bo'lsa, boshqasi kichkina. Agar sen ularning orasida yursang, o'zingni va boshqalarni yo'l ozorlaridan saqlashga majbursan.

Shuning uchun sen quyidagi nasihatlarga quloq solishing kerak:

1. Tiqin ko'chada ketayotganingda piyodalar yo'lakchasida yur.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 next