MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQI



Alloh taolo Muso bilan Horunga Firavn bilan gaplashish hususida vasiyat qilib shundan deydi:

“Unga yumshoq so'z gapiringlar. Shoyad pand nasihat olsa yoki qo'rqsa..”

8. Sen yomonlikni yaxshilik bilan daf qil. Chunki bu narsa dushmaningni do'stga aylantiradi. Alloh taolo aytadi:

“Yaxshilik bilan yomonlik barobar emas. Siz yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytaring. Shunda siz bilan uning o'rtasida adovat bo'lgan inson go'yoyinki yaqin do'stdek bo'lib qoladi”.

Rasululloh sollallohu alayhi va olihi vasallam dedilar:

-Sizlarning Menga eng suyuklirog'ingiz eng axloqi go'zalrog'ingizdir.

Ziyorat qilish odobi

Muhabbatni oshiradigan va do'stlikni mustahkamlaydigan sabablardan biri bayramlarda, dam olish kunlarida tabriklash bahonasi bilan, safarga bormoqchi bo'lganda yoki safardan kelganda, kasal bo'lganda o'zaro bir-birini ziyorat qilib turishdir.

Ziyorat qilishning rioya qilinishi kerak bo'lgan odoblari bor.

Ular jumlasidan:

1. Ziyorat qilish uchun munosib vaqt tanlagin. Bu uxlash, ovqatlanish yoki boshqa narsa bilan mashg'ul bo'linadigan vaqt bo'lmasin.

2. Agar ziyorat uchun malum vaqt tayin qilingan bo'lsa, unga rioya qil.

www.Hidoyat.org – saytidan olindi!



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17