MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQI9. Tovuq, quyon, mushuk va shularga o'xshash uy hayvonlariga ozor berma. O'quvchining maktabdagi odobi Bolajonim, maktab sening ikkinchi uyingdir. Sen u yerda hayotingning eng go'zal soatlarini o'tkazasan, u yerda o'quvchi birodarlaring va o'qituvchi otalaringdan tashkil topgan oila bilan yashaysan. Mana shu oilada baxtiyor va suyukli bo'lishing uchun quyidagi nasihatlarga amal qilishing zarur: 1. Uyqudan erta tur. Shunda tahorat olib namoz o'qishga, toza kiyimlaringni kiyishga, kitoblaring va o'quv qurollaringni olishga shuningdek o'z vaqtida maktabga borishga ulgurasan. 2. Birodarlaring bilan tabassum bilan ko'rish. Birinchi bo'lib ularga salom ber va ularni o'zlariga yoqadigan ismlari bilan chaqir. 3. Safda turganingda va sinfga ketayotganingda shovqin qilib gapirma. 4. o'qituvchi sinfga kirganda unga salom berish uchun o'rningdan turma, o'tirib salom ber. Chunki bu islomga zid ishdir. Keyin jim quloq solib o'tir. 5. Savol yoki javob bermoqchi bo'lsang, o'ng qo'lingni ko'tar. Agar o'qituvchi senga ruhsat bersa, o'rningdan turib javob ber. 6. Ovozingni baland ko'tarib shovqin qilma. Har bir dars oralig'idagi qisqa tanaffusda sinfdan chiqib ketib qolma.
|