MUSULMON BOLANING ODOB-AXLOQIOzodalik. Bolajonim, agar jisming o'sib ulg'ayishini, badaning sog'lom bo'lishini, aqling o'tkir va qalbing hushnud bo'lishini istasang, quyidagi nasihatlarga quloq sol: 1. Qishda har haftada kamida ikki marta issiq suv bilan, yozda esa har kuni bir marta sovuq suv bilan hammom qil. 2. Uxlashdan avval va uyqudan turganingdan keyin yuzing, qo'llaring va oyoqlaringni yuv. Doim byesh vaqt namozni o'z vaqtida o'qi. Chunki namozdan oldin tahorat qilish bir kunda bir necha marotaba shu a'zolarning toza bo'lishiga sabab bo'ladi. 3. Odamlar oldida ko'zing, qulog'ing yoki burningni o'ynab kavlamagin. Chunki bu amal shu a'zolarga zarar beradi va odamlarni sendan nafratlantiradi. Agar ularni tozalamoqchi bo'lsang, toza dastro'mol bilan artib tozalagin. 4. Odamlar oldida tishlaringni kavlab tozalama va tirnoqlaringni olma. Chunki bu ham odamlarni sendan nafratlantiradi. 5. Uxlashdan oldin va uyqudan turganingdan keyin misvok va tish cho'tkalari bilan tishlaringni tozalab yuvgin. Chunki ovqat qoldiqlari milk va tishlarga ozor va zarar berib, og'izning hidini buzadi. 6. Bozorlarda aylanib yuradigan sotuvchilardan biron narsa sotib olsang yuvgin. Chunki ular u narsalarni tayyorlayotganlarida tozalikka e'tibor bermaydilar va ularni chang va pashshalardan ehtiyot qilmaydilar. 7. Yuz sochiq, tish cho'tka, uxlaydigan kravat, yostiq, yopinchiq va taroq kabi narsalar alohida seniki bo'lishiga harakat qil, ularni sendan boshqa odam ishlatmasin. 8. Suvni toza va sof holida ich.
|