BAQARA surasi2.51 . Muso bilan qirq kecha va'dalashganimiz, undan (huzurimizga ketganidan) keyin, sizlar (o'zlaringizga) zulm qilgan holingizda buzoqqa sig'inganingizni eslangiz. 2.52 . So'ngra, o'shandan keyin ham shukr qilarsiz, deb, sizlarni afv etdik. 2.53 . To'g'ri yo'lga tusharsizlar, deb, Musoga Kitob (Tavrot)ni va (haq bilan nohaqni ajratuvchi) Furqonni berganimizni eslangiz. 2.54 .Musoning o'z qavmiga: "Ey, qavmim, sizlar buzoqqa sig'inish bilan o'zingizga zulm qildingiz. Endi o'zingizni (bir-biringizni) o'ldirish bilan Yaratuvchingizga tavba qilingiz. Yaratuvchingiz nazdida shu (qatl) sizlar uchun yaxshiroqdir", - degan so'zini eslang. Shunday qilib, Alloh tavbangizni qabul etdi. Albatta, U kechirimli va rahmlidir. 2.55 . (ya Bani Isroil qavmi, eslang) siz"Ey, Muso, Allohni oshkora ko'rmagunimizcha, senga hech ham ishonmaymiz" - deyishingiz bilan ko'z o'ngingizda sizlarni chaqmoq urgan edi. 2.56 . So'ngra shukr qilursizlar, deb, o'lganingizdan keyin yana sizlarni tiriltirdik. 2.57 . Shuningdek, ustingizga bulutlarni soyabon qildik, samoviy noz-ne'matlar va (pishirilgan) bedanalar nozil etib, "Sizlarga rizq sifatida berilgan pok narsalarni yenglar" (dedik). Ular (Isroil avlodi) Bizga zulm qilmadilar, balki o'zlarigagina zulm qildilar. 2.58 . Biz sizlarga: "Ushbu qishloqqa (Qudsga) kiringizlar va unda xohlagan joylaringizda lazzatlanib, yeb-ichingizlar. Darvozadan sajda qilgan holingizda kirib, (Allohga) "afv et" denglar, (shunda) Biz xatolaringizni kechiramiz va ezgulik qiluvchilarga (ajru savobni ham) ziyoda qilurmiz", - deganimizni eslangiz. 2.59 . Shunda zolim kimsalar ularga aytilgan so'zni boshqa so'zga almashtirdilar. Bas, qilgan bu buzg'unchiliklari tufayli Biz zulm qilganlar ustiga osmondan jazo tushirdik. 2.60 . Eslang (ey, Isroil avlodi,) Muso o'z qavmi uchun suv so'raganida, "Asoingni toshga ur" dedik. Bas, undan (toshdan) o'n ikki chashma otilib chiqdi. (O'n ikki urug'dan) har bir guruh o'z suvini bilib (taqsimlab) oldi. "Allohning rizqidan yeb-ichingizlar, Yer yuzida buzg'unchilik qilmangizlar".
|