BAQARA surasi2.150 . Qaysi joydan (yo'lga) chiqsangiz, yuzingizni (namozda) Masjidi Harom tomonga o'giring! (Ey, mo'minlar) qayerda bo'lsangizlar, yuzlaringizni o'sha (Ka'ba) tomonga o'giringizlar! Toki g'arazli odamlarda sizlarga qarshi hujjat bo'lmasin. (ya`ni musulmonlar biz Ibrohib dinidamiz deyishadiyu, lekin o`zlari uning qiblasiga qarab namoz o`qimaydilar-demasinlar) ular ichida zolimlari (ham) borki, sizlar ulardan qo'rqmangiz, balki Mendan qo'rqingiz. Bu ( Ka`baning qibla qilinishi)sizlarga ne'matlarimni (yanada) mukammal qilib berishimdir zora hidoyat bo`lsangizlar 2.151 . Shuningdek, sizlarga o'zingizdan bo'lmish bir payg'ambar yubordikki, u sizlarga oyatlarimizni o'qib beradi, sizlarni (shirk va gunohlardan) poklaydi, sizlarga Kitob (Qur'on) va Hikmat (Hadis)ni ta'lim beradi va bilmaganlaringizni bildiradi. 2.152 . Bas, Meni yod etingiz, Men ham sizlarni yod eturman. Menga shukr qilingiz, noshukrchilik qilmangiz! 2.153 . Ey, imon keltirganlar! sabr va namoz (o'qish) bilan (Mendan) yordam so'rangizlar! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir. 2.154 . Alloh yo'lida qatl etiladigan (shahid)lar haqida: "(Ular) o'likdirlar", - demangiz! Yo'q, (ular) tirikdirlar, lekin sizlar (buni) sezmaysizlar. (shunday ekan agar shialar shahidlar qabriga qarab salom bersalar va dardlashsalar ularni mushrik deyish qanday bo`larkan?!) 2.155 . Sizlarni biroz xavf, ochlik bilan, molu jon va mevalar (hosili)ni kamaytirish yo'li bilan sinagaymiz. (Shunday holatlarda) sabr qiluvchilarga xushxabar bering 2.156 . Ularga musibat yetganda: "Albatta, biz Allohning mulkimiz va albatta, Uning o`ziga qaytguvchimiz", - deydilar. 2.157 . Aynan o'shalarga Parvardigorlari tomonidan salavot (mag'firat) va rahmat bordir va aynan ular, hidoyat topuvchilardir. 2.158 . Albatta, Safo va Marva (tepaliklari) Allohning shiorlaridandir.* Bas, kim haj yoki umra qilganida u ikkisini tavof etsa, unga gunoh yo'qdir.(balki vojibdir) O'z ixtiyori bilan biror xayrli ish (nafl haj yoki umra) ni ko`paytirsa, albatta, Alloh shokir (amaliga yarasha ajr beradi) va dono zotdir. 2.159 . Biz nozil qilgan oyatlar va hidoyatdan iborat narsalarni (Muhammadning haq payg'ambar ekanini) odamlarga Kitob (Tavrot)da aniq qilib berganimizdan keyin (uni) sir tutganlarni, shubhasiz, Alloh la'natlagay va ularni la'natlovchilar (farishtalar va mo'minlar) ham la'natlagaylar.
|