BAQARA surasi2.131 . Eslang, Rabbi unga: ( Allohning yagonaligiga turli dalillar keltirgach ilhom yo`li bilan) taslim bo`l (ya`ni islomni tan olgin) deganda,- U: - jahonlar parvardigoriga taslim bo`ldim,-dedi. Keyin (vahiy va ilhom orqali) Parvardigori- Allohning amriga bo`ysungin,-deganda, Ibrohim –“ Allohning amrlariga itoat 2.132 . Ibrohim va Ya'qub o`z dinlarini avlodlariga vasiyat qilgan edilar va har ikkisi ham shunday degan edilar: -"O'g'illarim, shubhasiz , Alloh sizlar uchun shu dinni tanladi. Bas, musulmonlik holingizdagina dunyodan o'tingiz!" 2.133 . (Ey, Isroil avlodi!) Yoki Ya'qubga o'lim kelganda, o'g'illariga: "Mendan keyin nimaga sig'inasizlar?" - deganida, ular: "Sening ilohing va bobolaring - Ibrohim, Ismoil va Ishoq ilohi bo'lmish yagona Allohga sig'inamiz va bizlar faqat Uning o'zigagina bo'yin sunuvchilarmiz", - deb javob berganlariga guvoh bo'lganmisizlar? 2.134 . Ular o'tib ketgan ummat(lar)dir. Ularning a'mollari o'zlariga va sizlarning a'mollaringiz o'zlaringizga. Sizlar ularning qilgan ishlari uchun javob bermaysiz. 2.135 . (Yahudiylar va nasroniylar): "Yahudiy yoki nasroniy bo'ling, shunda hidoyat topasiz", - dedilar. Siz (ey, Muhammad,) ayting: "Aslo yo'q, biz to'g'ri yo'ldan toyilmagan, mushriklardan bo'lmagan Ibrohim diniga ergashamiz". 2.136 . Aytingiz (ey, mo'minlar): "Allohga, bizga nozil qilingan narsa (Kitob)ga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub va uning avlodlariga nozil qilingan narsalarga, Musoga, Isoga va (barcha) payg'mbarlarga Parvardigorlaridan berilgan narsalarga imon keltirdik (ishondik). Biz ular o'rtasidan birortasini (payg'mbar emas deb) ajratib qo'ymaymiz va Unga (Allohga) bo'yin sunuvchilarmiz". 2.137 . Agar ular (ahli kitoblar) sizlar imon keltirgan narsalarga imon keltirsalar, to'g'ri yo'lni topgan bo'ladilar. Bordiyu yuz o'girsalar, u holda, demak, sizlarga nisbatan adovatlari bordir. Sizni ulardan (himoya etishga) Allohning o'zi kifoya qilur. U eshituvchi va donodir. 2.138 . Allohning "bo'yog'i"ga (diniga kiringiz!) Allohnikidan yaxshiroq "bo'yoq" (din) bormi?! Biz Ungagina sig'inuvchilarmiz. 2.139 . Ayting (ey, Muhammad): "Bizning ham, sizning ham Rabbingiz bo'lmish Alloh haqida biz bilan tortishasizmi?! Bizning a'mollarimiz - bizga, sizning a'mollaringiz - sizga. Biz faqat Ungagina ixlos qiluvchilarmiz".
|