OLI IMRON surasi3.30 . Har bir jon o'zi qilgan yaxshi va yomon amallari (ko'z o'ngida) hozir qilingan Kun (qiyomat)da ular (yomon amallari) bilan uning o'rtasi uzoq masofa bo'lishini orzu qiladi. Alloh sizlarni "O'zidan" ogohlantiradi. Alloh bandalarga mehribondir. 3.31 . Ayting (ey, Muhammad): "Agar Allohni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag'firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir". 3.32 . Ayting: "Alloh va payg'ambarga itoat etingiz!" Agar yuz o'girsalar, Alloh, shubhasiz, kofirlarni sevmas. 3.33 . Albatta, Alloh Odam va Nuhni hamda Ibrohim va Imron avlodlarini olamlar uzra (payg'ambarlik uchun) tanladi 3.34 . (ularni) bir-birlaridan zurriyot etib. Alloh eshituvchi va bilimdon zotdir. 3.35 . Eslang (ey, Muhammad,) Imronning xotini: "Ey, Rabbim, men qornimdagi narsani (homilani dunyo ishlaridan) ozod etib, Senga nazr qildim. (Uni) mendan qabul et! Albatta, Sen eshituvchi va bilimdon zotdirsan", - deb duo qildi. 3.36 . Ko'zi yorigach, dedi: "Ey, Rabbim, men qiz tug'dim", - vaholanki, Alloh uning nima tuqqanini yaxshiroq bilardi. Axir, (u kutgan) o'g'il bu qizdek (xislatli) bo'lmasdi. - "Men unga Maryam deb ism qo'ydim va unga hamda zurriyotiga quvg'in etilgan shaytonning yomonligidan panoh berishingni Sendan so'rayman". 3.37 . Bas, Parvardigori uni (Maryamni nazrlikka) husni qabul etib, yaxshi parvarish qildi va Zakariyo qaramog'iga topshirdi. Har gal Zakariyo (Maryamning) oldiga - mehrobga kirganida, oldida rizq (muhayyo) turganini ko'rar edi. U: "Ey, Maryam, bu narsalar senga qayoqdan keldi?" - deb so'rasa, (Maryam): "Bular Alloh huzuridan. Albatta, Alloh O'zi xohlagan kishilarga behisob rizq berur", - deb javob berar edi. 3.38 . O'sha joyda Zakariyo Rabbiga iltijo qildi: "Rabbim, menga (ham) o'z huzuringdan pok zurriyot ato et! Darhaqiqat, Sen duoni eshituvchidirsan". 3.39 . So'ngra, mehrobda turib namoz o'qiyotganida, farishtalar unga nido qildilar: "Alloh senga Yahyo (ismli farzand) xushxabarini berur va u Allohning so'zini tasdiq etadigan, (o'z qavmiga) peshvo bo'lib, (shahvatlardan) o'zini tiyadigan solih payg'ambarlardan (bo'lur)".
|