OLI IMRON surasifaqat (ularga haqiqatni) yetkazib qo'yishdir. Alloh bandalarni ko'rib (kuzatib) turuvchidir. 3.21 . Allohning oyatlarini inkor etadigan, payg'ambarlarni nohaq qatl qiladigan va adolatga chaqiruvchi kishilarni o'ldiradigan kimsalarga alamli azob haqida "bashorat" bering! 3.22 . Qilgan amallari bu dunyo va oxiratda behuda ketadigan va ularga yordamchilar ham bo'lmaydigan kimsalar ana o'shalardir. 3.23 . Ko'rmadingizmi (ey, Muhammad,) Kitob (Tavrot ilmi)dan nasiba berilgan kimsalar o'z oralarida hakamlik qilish uchun Allohning Kitobiga chaqirilganlaridan keyin ularning bir guruhi yuz o'girib ketdilar?! 3.24 . Bu (yuz o'girishlari)ning sababi - "Bizga do'zax o'ti faqat sanoqli kunlardagina tegadi", - degan gaplaridir. O'zlari to'qigan uydirma gaplari ularni dinda aldab qo'ydi. 3.25 . Ularni shubhasiz (keladigan) Kun (qiyomat)ga to'plaganimizda va har bir jonga zulm qilinmagan holda o'z amallariga yarasha to'la jazo va mukofot berilganda, (hollari) ne kechar?! 3.26 . Ayting: "Ey, hukmronlik egasi - Alloh, Sen xohlagan kishiga hukmronlik ato etursan va xohlagan kishingdan hukmronlikni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan va xohlagan kishingni xor etursan. Yaxshilik Sening qo'lingdadir. Albatta, Sen hamma narsaga qodirsan. 3.27 . Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan. O'likdan tirikni chiqarursan va tirikdan o'likni chiqarursan hamda xohlagan kishingga behisob rizq berursan". 3.28 . Mo'minlar turganida mo'minlar kofirlarni do'st tutmasinlar! Kim shunday qilsa, Allohga hech qanday daxli qolmas. Magar, ulardan ehtiyot bo'lish uchun (yuzaki muomala qilsangiz) mumkindir. Alloh sizlarni "O'zidan" ogohlantiradi. Alloh (huzuri)ga, albatta, qaytish bordir. 3.29 . Ayting: "Ko'ksingizdagi narsani xoh yashiring, xoh oshkor qiling, Alloh uni bilur. Osmonlaru Yerdagi narsalarni (ham U) bilur. Alloh hamma narsaga qodirdir.
|