Nahjulbalog`a(Allohga hamdu sano va payg`ambarimizga durud va salavotdan keyin) Ammo ba`d, ogoh bo`linglarki, jihod – jannat eshiklarining biridir, bu eshikni Alloh Taolo o`zining do`stlarining yuziga ochib qo`ygandir. Jihod – taqvo libosi, mahkam qalqon va ishonchli berilishdir. Jihoddan yuz o`girgan odamga Xudovand zillat libosini kiygizib qo`yadi, balolar u tarafga hujum uyushtiradi, odam haqir va zalil bo`ladi, aqli hushi o`tmaslashib qoladi, haqi poymol bo`lib oshkoran adolatdan mahrum bo`ladi. Jihodga da`vat qilish Bilib qo`yinglar, men kechayu-kunduz, pinhon va oshkor sizlarni bu jamiyat (Muoviya lashkarlari) bilan kurashishga da`vat etdim. Bu ishni ular qilmaslaridan oldin qilishni aytar edim. Allohga qasam ichib aytamanki, eshigi tagiga dushman kirib kelgan har qanday millat zalil bo`lajak. Lekin sizlar sust va zaif bo`ldingiz, menga ko`mak qo`lini cho`zmadingiz, bir-birlaringizga soldingiz va mana endi oxir oqibatda dushman kelib yerlaringizga egalik qilyapti. Eshitib olinglar bani G`omad qabilasidan bo`lgan Muoviyaning lashkarlaridan biri Anbor shahriga bostirib kiribdi. Mening u yerdagi namoyandam bo`lgan Hasson bin Hasson Bakriyni o`ldiribdi, u yerdagi qo`shinlarni ham haydab chiqaribdi. Shuningdek menga shunday xabar ham yetib keldiki, unga ko`ra dushman qo`shini musulmon ayollardan birining uyiga hamda Islom himoyasidagi musulmon bo`lmagan bir ayolning uyiga bostirib kirib tilla taqinchoqlarini yechib olishibdi. Holbuki, u bechoralarning yig`i va iltimos qilishdan o`zga choralari yo`q edi. Dushmanlar bir tomchi ham qon to`kmay osonlik bilan ko`plab g`animatlarni qo`lga kiritishdi. Agar bu hodisadan pushaymon bolganidan biron musulmon o`lsa ajab emas, balki mening nazarimda afzali ham shu! Koshki edi sizlarni hech ko`rmasam! Ey voh! Ey voh! Allohga qasam bo`lsin, bu haqiqat odamning qalbini o`ldiradi, g`am-anduh keltiradi, ular (dushmanlar) botil yo`lda shunchalik jips va ahildirlar, sizlar esa haq yo`lda shunchalik parokanda va tarqoqsizlar! Turqlaringiz qursin! G`am-g`ussa sizlarni o`rab olgani rost bo`lsin! Chunki sizlar dushman hamlasiga duchor bo`ldingizlar. Paydarpay sizlarga hamla qilishsa ham sizlar ularga qarshi qo`l qovushtirib turaverasizlar. Ular siz bilan urushadilar sizlar esa urushmaysizlar, bu yo`l bilan Xudoga osiy bo`lasizlar va sizlar o`z amallaringiz bilan bunga rozilik bildirasizlar. Yozda har vaqt dushman tarafga harakat qilishni sizlarga buyursam, sabr qil hozir kun juda issiq, dedingizlar. Agar qishda shu farmonni bersam, hozir kun juda sovuq, ozgina sabr qil to kunlar isisin, dedingiz. Bu hamma bahonalar issiq-sovuqdan edi. Allohga qasamki, sizlar shunchalik issiq-sovuqdan qo`rqar ekansizlar dushmanning shamshiridan ko`proq qo`rqib qochasizlar. Ey erkakka o`xshaganlekin erkak bo`lmaganlar, go`dakka o`xshagan aqlsizlar, ey uyaluvchan kelinchaklar (o`z uy-joyidan boshqa g`ami yoq), qaniydi sizlarni hech qachon ko`rmasam, sizlarni taniganim uchun sizlarni ko`rish menga malol kelyapti. Yuragimni qon, qalbimmni shunchalik g`azabga to`ldirganlaringiz, g`am-anduh kosasidan menga ho`platganlaringiz, meni yordamsiz tashlab qo`yib rejalarimni barbod qilganlaringiz (hatto odamlar Abu Tolibning o`g`li qo`rqmasdir, lekin jang qilishni bilmaydi degan gap chiqarishdi) uchun Alloh sizlarni o`ldirsin! (Men haqimda bunday deganlarni ) xudo xayrini bersin, ularning birontasi jang maydonida mendan ko`ra sobit qadamroq bo`lganmidi? Usha paytlari hali yigirmaga to`lmagan yigit edim, hozir esa oltmishdan oshdim, lekin hanuz farmonga itoat qilmaganlar jang boshqarish usullarida muvaffaq bo`lmaslar! Bu kunlar tayyorgarlik kunlaridir Ammo ba`d, dunyo yuzini teskari ugurgan va o`zining vidosini e`lon qilayotgan , oxirat esa yuz ochgan va tillalarini oshkor qilyapti. Ogoh bo`linglarki, bugun tayyorgarlik kuni ertaga esa musobaqa kunidir, yutganlar mukofoti – jannatdir, orqada qolib ketganlarning oqibati do`zah o`tidir. Oralaringizda o`limidan oldin tavba qiluvchilar bormi? Kelayotgan og`ir kun yetib kelmasdan avval amali solih qiluvchi bormi? Ogoh bo`linglar, hamma odamlar orzular olamidadirlarki har daqiqa o`lim ergashib yuradi, shunday ekan orzulari olamida paytidaligidayoq manfaatli ishlarni bajarsin, shunda o`lim unga zarar yetkaza olmaydi. Lekin bu olamda kalta o`ylab xusrondadirlar, o`limi bundaylar uchun ziyonlidir.
|