Nahjulbalog`a



Pandu-nasihatlar qilingan xutbalardan biridir

Oldilaringiz va ketlaringizda hisob kunidir unga yengillashib yetishinglar.

Kitob muallifi Sharif Roziyning aytishicha Qur`oni karim va sunnati nabaviyadan keyingi o`rinda turuvchi eng go`zal kalom “yengillashib yetishinglar degan kalomdir. O`zi qisqa bo`lishiga qaramay chuqur manoga egadir.

Ahdiga xiyonat qilganlarning xabari hazrat Aliga yetib kelganida quyidagi xutbani aytgan edilar

Ogoh bo`linglar! Shayton o`z hizbini to`plab jangarilari bilan jabru zulmni yana joyiga keltirish uchun bostirib kelyapti. Haqni botilga almashtirish uning maqsadidir. Allohga qasam ichib aytamanki, ular mening hech qanday aybim yo`qligini yaxshi biladilar, men va o`zlarining oralarida insofni hokim qilib tayinlamadilar.

Usmonning qasdini olish

Ular haqni talab qiladilar-ku ammo o`zlari uni tark qilganlar, to`kilgan qonning qasdini o`zlari uni to`kkanlari holda mendan olmoqchilar. Mabodo men ularning qon to`kishlariga sherik bo`lgan bo`lsam, u holda ularning ham ulushlari bordir, agarda faqat o`zlari bu ishni qilgan bo`lsalar, jazo ularga bo`lishi kerak. Ularning qo`llaridagi muhim dalillari o`zlarining ziyonlarigadir. Ular tuyaning qurib qolgan ko`kragidan sut olishni istaydilar, qachonlardir yo`qolib ketgan bid`atlarni qayta tiklashni istaydilar.  Da`vatchi kimu, ijobat qiluvchi kim?

Men Allohning kitobi va farmonlaridan, uning ogoh ekanligidan rozidirman. 

Jang bilan tahdid qilish

Agar ularning qo`liga o`tkir qilich bersam botilga qarshi haqqa yordamim kifoyat qiladi. Ajab, mendan nayzalari qarshisiga borishimni talab qildilar, nayzalari qarshisida sabr qilishim kerak emish. Qasamxo`rlar qasamlarini qaytarib olsinlar, men hech vaqt jangdan, shamshirlar zarbasidan qo`rqadigan odam emasman. Men o`z Parvardigorimga komil iymonli va dinimda hech qachon  shak-shubhaga tushmagandirman.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 next