Nahjulbalog`a



Bu xutbada kambag`allarni zohidlikka boylarni esa muhabbatli bo`lishga chaqiriladi

Allohning rizqi yomg`ir tomchilari kabi osmonlardan yerga yog`iladi, va har kimga nasibasiga yarasha ulush tegadi. Kimgadir ko`proq va kimlargadir kamroq ulush tegadi, shuning uchun birontalaringizga ko`proq molu davlat, ayolu-farzand berilgan bo`lsa fitna chiqishiga sabab bo`lmasin.  Zero to musulmon qabih ishlarga qo`l urmagunicha, odamlar ham bu ishlari oshkor bo`lganidan keyin behurmat qilmagunlaricha, musobaqadagi ishtirokchiga o`xshaydi, u birinchi davradayoq zarar ko`rmasdan g`olib bo`lishni istaydi. U ikkixil yutuqdan birini qo`lga kiritishni ko`zlaydi, biri – umrining oxiri va parvardigorining da`vati, oxiratda uning uchun buyuk mukofotlar tayyorlab qo`yilgan bo`lib eng yaxshi hadyadir, ukkinchisi esa – Xudovand unga keng rizq, sarvat xotin bola-chaqa ato etadiki, bu boyliklar uni bandalik qilishdan chalg`itib qo`ymaydi.  Lekin bilib qo`yinglarki, molu-dunyo bu dunyoning lazzatlaridir, solih amallar, oxiratda natija beruvchidir. Gohida Xudovand har ikkisini bir odamga ato etadi. Alloh xataridan ogohlantirgan ishlardan parhezda bo`linglar.

Allohdan qo`rqinglarki oqibati nadomat va uzr so`raladigan ishlarni qilmanglar, riyo va o`zni ko`rsatishlikdan saqlaning. Chun kimki Allohdan boshqasi uchun amal qiladigan bo`lsa, Xudovand uni usha odamga tashlab qoyadi.

Hamma o`z yaqinlariga muhtoj bo`ladi

Ey mardum, bilib qo`yingizki, odam qanchalik badavlat bo`lmasin o`z qavm-qarindoshlaridan beniyoz emasdir, yaqinlari uni tili va qo`li bilan himoya qiladi, qarindoshlar odamning kuniga yaraydigan eng buyuk guruh hisoblanadi, og`ir kunda malham bo`ladilar, uning yaxshiliklarini eslovchilardir. Zero, yaxshi nom qoldirish Allohning nazdida katta merosni qo`lga kiritishdan ko`ra afzalroqdir.

Ogoh bo`linglar , mabodo yaqinlaringizdan birontasi muhtoj bo`lsa undan yuz o`girmanglar, ba`zi ular so`ragan narsalarni darig` tutmangki, bu narsalarning sizda bo`lishi siz uchun ortiqlik keltirmaydi, uni berishingiz esa sizga kamlik keltirmas. Kimki qarindoshiga  ehson qo`lini  cho`zmasa, bir qo`lini cho`zmagan bo`ladi, lekin qarindoshlarining ko`plab qo`llarini qabul qilgan edi, agar yaqinlariga muhabbat ko`rsatgan bo`lsa qarindoshlik rishtalarini mahkamlagan bo`ladi. 

Bu xutbadaAllohning dushmanlari bilan  jangga kirishishga ruxsat berilib, bu yo`lda sustkashlik qilish yaramasligi haqida so`z ketadi

O`z jonimga qasam ichib aytamanki, haqning muxoliflari va gumrohlikda uloqib yurganlar bilan kurashishda aslo sustlikka yo`l qo`ymayman.  Shunday ekan ey Allohning bandalari, Allohdan qo`rqinglar, Xudodan Xudo tomon qochinglar, (ya`ni g`azabidan rahmati tarafga yo`l olinglar), sizlar tarafga ochilgan yo`ldan yuringlar, bu yo`lda sizlarga vazifalar belgilab qo`yilgandir, ularni bajaringlar, shunday qilsangizlar Ali sizlarning g`olib bo`lishingizni kafolatlaydi, agar bugun unday bo`lmagan bo`lsa kelajakda albatta shunday bo`ladi.

Imom Ali(a.s)  qo`shinlarining Muoviya qo`shinlari qarshisida sustkashlikka yo`l qo`yganlarida hazrat Ali minbarga chiqib quyidagi xutbani o`qigan edilar

Sizlarning tutgan bu usulingizdan keyin Kufadan boshqa yer qo`l ostimda yo`qki, kengaytiray yoki yopib yuboray desam.  Ammo ey Kufa, agar sen dushman qarshisidagi yagona sarmoyam bo`ladigan bo`lsang, u ham mana shu hunuk  chehrang bilan bo`ladigan bo`lsang, bo`lganingdan ko`ra bo`lmaganing yaxshi!



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 next