Nahjulbalog`a



Agar aytib haqqimni olsam men haqimda “Rahbarlik va hukumatga tashna odam”- deb aytadilar, mabodo sukut qilib sabr qilsam “ O`limdan qo`rqyapti” –deyishadi. Lekin hayhot shuncha jang va hodisalardan keyin shu gapni aytish qanday bo`larkin?!

Allohga qasam ichib aytamanki, o`limga bo`lgan ishqim, ko`dakning ona ko`kragiga bo`lgan ishqidan ortiqdir !lekin men voqea va hodisalardan xabarim bordirki, agar ularni aytsam chuqurliklarga osilgan arqonlardek titrovga kelajaksiz.

Hazrat Aliga Talha va Zubayrni ta`qib va jangqilmaslik haqida aytishganida ushbu xutbani aytgan edilar.

Allohga qasam bo`lsin, men orom zarbalar bilan aldanib uyquga ketuvchi va g`aflatda qolib qo`lga tushuvchi hayvon kabi emasdirman, balki dushmanlarim haqida komilan ogoh va ziyrakdirman. Haqni yoqlovchilarning keskir shamshirlari bilan haqdan yuz o`girganlar bilan kurashib, vafodor yoronlarim bilan osiy va haqni inkor qiluvchilarni chetga siqib chiqarurman. Xudoga qasam ichurmanki, men bu ishimni umrimning oxirgi lahzalarigacha davom ettirurman. Rasululloh (S.A.O.V)ning o`limlaridan boshlab to hozirgacha haqimdan mahrum holdaman, boshqalar esa nohaq holda mendan muqaddam turibdilar.

Inson ko`rinishidagi shaytonlarni mazzamat qilish

Shaytonni o`z ishlari uchun namuna qilib olganlarni shayton ham o`z domiga ilintirgan so`ngra qalblariga pastlik va zillat donalarini ekkan, o`zining jo`jalarini etaklarida parvarishladi. Shayton ularning ko`zi bilan boqib, ularning tillari bilan gapirib, gumroh qiluvchi arabasiga ularning yordamida minib olib, yomon kirdorlarini ko`zlariga chiroyli qilib ko`rsatib qo`ydi. Ularning  qilgan amallari shaytonga hamkorlik qilganliklariga  guvohlik beradi, botil gaplar tillariga quyib qo`yilgandir.

Zubayr haqida aytganlari

Zubayr menga qilgan bay`atini faqat qo`li bilan bergan , qalbi bilan bermagan deb hayol qiladi. Shunday ekan bay`at qilganligiga o`zi iqror bo`layotgan ekan , lekin qalbi bilan bay`t qilmaganligiga dalil keltirmog`i lozimdir, agar dalil keltiora olmasa, u holda ahdiga vafo qilishga majbur hisoblanadi.

Jamal jangi boshlaganlar haqida

Talha va Zubayr va ularning yoronlari boshida yashin va chaqmoqdek edilar va oxirida esa  sustlik va notavonlikdan o`zga narsani qo`lga kiritmadilar. Ammo biz tutgan yo`l ularnikidan tubdan farq qiladi, biz biron ishni bajarmasdan oldin (podadan oldin chang chiqargandek) chaqmoq va yashin taratmaymiz, yog`masdan oldin sel chiqarmasmiz, bizning rejamiz – gap emas amaldir!



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 next