Nahjulbalog`aShu narsani aytib o`tish kerakki mazkur xutba Basraning hamma aholisiga emas, balki Talha va Zubayr keyinchalik esa bani Umayya fitnasiga uchgan qismiga qaratilib aytilgandir. Bu xutbani hazrat Ali (a.s)Usmon bergan mollarni Baytul-molga qaytarib berayotganlarida aytgan edilar. Allohga qasam, Usmon menga hadya qilgan musulmonlar Baytul moliga tegishli mollarni qaytarib beraman. Har kimda bunday “hadyalarâ€Âni ko`rsam egasiga qaytarajakman, hatto agar bu mollar mahrga berilgan va yoki qullar ozod etilgan bo`lsa ham, chunki Allohning adolatini barpo qilish mushkillarni hal qiladi. Kimda kim bu adolatga chiday olmasa zulmu sitamga chidashi qimmatroqqa tushadi. Xalq Madinada hazrat Ali bilan bay`at qilganlarida aytganlari Aytadiganlarim zimmamdagilardir, va men uning kafolatini berurman, kimki, otmishdan to`gri xulosa chiqarib ibrat oladigan bo`lsa iymoni turli shubha va badbaxtliklardan omanda bo`ladir. Ogoh bo`linglar! Payg`ambarimiz nabiy bo`lishlaridan oldingi qiyin davrga o`xshagan qiyin davrni boshdan kechirmoqdasizlar. (xuddi usha davrdagidek bo`linishlar, firqa –firqa, guruh-guruh bo`lib ajralishlar boshlanib ketdi). Rasulullohni payg`ambar qilib tanlagan zotga qasam ichib aytamanki, og`ir sinovlar oldida turibsizlar, qaynayotgan qozon ichidagi masalliqlar misoli ag`dar -to`ntar bo`lasizlar, tepadan pastga va pastdan tepaga qarab ag`darilasiz. Islomga peshqadamlik bilan kirib shu yo`lda mahkam turganlar o`zib ketadilar, lekin hiyla va nayrang bilan o`zini oldingi safga tashlaganlar esa orqada qolib ketishadi. Allohga qasam! Haqiqatga zarba urmadim va yolg`on so`z aytmadim, oldindan menga bugungi kundagi tutadigan maqom va mavqeim haqida bildirilgan edi. Ogoh bo`lingiz ! xato va gunohlar boshqaruvi izdan chiqib ketgan aravalar kabi egalarini to`ppa-to`g`ri do`zaxning qa`riga olib borib uloqtiradi. Gunohning xosiyati shundayki, uni boshqarib nazorat qilib bo`lmas, lekin o`zining ketidan boshqa gunohlarni boshlab keladi. Taqvo esa orom yuruvchi boshqariladigan arava bo`lib egalari xotirjamlik bilan unga minib olurlar, ular jannatning to`riga ana shu aravalariga mingancha kirib boradilar. Haq va botil mavjud bo`lib har qaysisining o`z tarafdori bordir. Mabodo botil hukmron bo`ladigan bo`lsa buning ajablanadigan yeri yo`q, chunki qadimlardan ham shunday bo`lgan edi. Agar haqning tarafdorlari oz bo`lsa , ko`payishi ham mumkin. Lekin ehtiyot bo`linglarki, haq qo`ldan ketmasin, chunki qo`ldan chiqarib yuborilgan ne`matni qaytarib olish kamdan kam uchraydi. Odamlarning uch dastaga bo`linishi haqida Jannat va jahannamga komilk iymoni bo`lganlar oxiratda nafi tegmaydigan amallardan yuz o`giradilar. Odamlar uch guruhga bo`linadilar: bir guruh odamlar haq yo`lga shitob bilan yuradilar, ular najot ahlidirlar. Ikkinchi guruh haqqa taraf yurishda shoshilmaydilar, lekin ular ham najot topishlariga umid bog`lasa bo`ladi. Uchinchi toifa odamlar esa na birinchi toifa va na ikkinchi guruh odamlariga o`xshamaydilar, ular otashga tushajaklar. Tog`ri yo`ldan o`ngga yoki chapga og`ish zalolat va gumrohlikdir. Sirotil mustaqim o`rtadagi keng yo`ldir, Qur`oni Karim va nubuvvat asarlari ana shu yo`lni tavsiya etadi. Payg`ambarimiz sunnatlari ana shu yo`lga ishora qiladi, bu yo`l bilan hamma tutgan yo`li solishtiriladi, va oxir oqibatda hammaning yo`li shu yerda tugashi kerak. Nohaqni iddio etuvchilar halok bo`lar, yolg`on va to`qima yo`lni oldiga maqsad qilib qo`yganlar bechora va badbaxt bo`lajaklar. Nodon qavm orasida haqni izhor qiluvchilar el nazaridan tushib qoladi. O`z qadrini tanimaslik odamning nodonligiga yetarli dalil hisoblanadi. Taqvoasosiga qurilgan har qanday amal nobud bo`lmaydi va boqiy qolajakdir. Shuningdek taqvo zaminiga qadalgan urug` tashnalikka hech qachon uchramaydi. O`z uylaringizga kirib o`tiringlar va tafriqalanish va munofiqlik dastalariga qatnashishdan hazarda bo`ling. Parokanda bo`lgan dillarni payvast qiling, o`zaro yarashtirib kelishtirib qo`yinglar, gunohlarga tavba qilish payida bo`linglar, allohdan o`zga tarafdan berilgan ne`matlarga aldanib qolmang va yuzaga keluvchi har qanday mushkilot va qiyinchiliklar uchun tanho o`zingizni aybdor hisoblanglar. LAYOQATI BO`LMAY TURIB QOZILIK QILUVCHILAR HAQIDA Alloh qarshisidagi g`azabga uchraydigan ikki odamdan biri- bid`atchi johil , ikkinchisi – qalbaki olimdir.
|