Nahjulbalog`aBilan tanishuv Kitob buyuk alloma Sayyid Sharif Razaviy tarafidan yozilgan (Alloh u kishidan rozi bo`lsin!) bo`lib ham tarixiy manba va ham hikmatlar hazinasi sifatida qimmatlidir. Kitob bilan tanishgan kitobxonlar hazrat amiral-mo`minin Ali(a.s)ning naqadar ilm va aql sohibi ekanligiga va shuningdek zulmlar ostida kun kechirgan buyuk shaxs va sarkarda ekanligiga tan bermay iloji yo`q. Kitob insonga to`g`ri yashash yo`lini, ta`lim va tarbiya, Xudoni tanish, dunyoning yaratilishi va uning hikmati, qiyomat va savol-javob, payg`ambarlik va uning falsafasi, dushmanlar bilan muomala, davlatni boshqarish va siyosat, asirlar bilan muomala va jang qoidalari va ... xullas hayotning turli sohalarini o`z ichiga olgan bebaho hazinadir. Axir Alloh bekordan bekorga hazrat Alini Rasululloh (S.A.O.V)ga o`rinbosar va ummatga Imom qilib tayinlamaydi-ku. Shuning uchun hazrat Ali haqida to`g`ri hukm chiqarishda xatoga yo`l qo`ymaslik uchun ul zotni yaxshi tanimaganlar yoki u zotga dushmanligi bor har bir insonga , ayniqsa ul zotning tarafdori hisoblanmish shialarga “Nahjul balog`aâ€Âni o`qib chiqish zaruriy bir ishdir. Nahjul balog`a kitobi uch qismdan iborat bo`lib birinchi qismi hazrat Alining xutbalaridan, ikkinchi qismi – hazrat Alining yozgan maktublaridan va uchinchi qism esa imom Ali aytgan hikmatli so`zlardan iboratdir. Bu kitob o`zining chuqur ma`nosi va jozibasi jihatidan Qur`oni Karim va Hadisi nabaviyadan keyin uchinchi o`rinda turadi. Tadqiqodchilar (musulmon va musulmon bo`lmaganlari ham) kitobning kamyob va nodir ilmiy asar sifatida Nahjul balog`ani ilmiy meros deb e`tirof etadilar. Bu kitobning bunchalik shuhratga loyiq bo`lishining (hazrat oyatulloh Makorim Sheroziyning fikricha) quyidagi sabablarini sanab o`tishimiz mumkin: 1. Zulm va adolatsizliklarni ko`rgan sitamdiyda xalq haqida qaygu`rish Nahjul balog`aning turli sahifalarida aks etgandir; 2. Insonlarni hurriyat va ozodlikka da`vat etish, haqiqiy Ega qarshisidagina qul bo`lish kerakligi haqida uqtirishlar kitobdan joy olgan; 3. Allohni tanituvchi purhikmat xutbalar tashna dillarni rom etib, Xoliq tarafga chorlaydi; 4. Zamon talab qiluvchi mavzularda davr talabiga mos suhbatlar ketur. Xutbalarning tartib raqami va mavzulari 1. Hazrat Alining yer va osmonlarning , va Odamning yaratilishi shuningdek haj haqida ham suhbat qilingan ;
|