Nahjulbalog`aMana hozirgacha ham Allohning kitobi oralaringizdadir. Halol va harom, farz va mustahablar, nosix va mansux, muboh va nojoiz, umum va xos, nasihat va misollar, mutlaq va mahdudlar, muhkam va mutashobih – hamma hammasi aniq va oshkordir. Mujmallari muhkamlari bilan tafsir bo`lgan, tushunarsiz oyatlar aniqlari bilan oydinlashtirilgan, ma`rifat paymoni hammadan olingandir. Bandalar bilishi lozim bo`lmagan (Alloh zoti haqidagi ) masalalar ham oshkordir. Ba`zi hukmlar ma`lum baqtgagina ta`yin qilingan bo`lib, payg`ambar sunnatlari uni mansux qilgandir, ba`zilari esa Qur`onda ma`lum muddat uchun tark qilish joiz deyilsa, sunnat ularni vojib deb aytgandir. Ba`zi hukmlar muayyan vaqt vojib hisoblangan bo`lib, baqt o`tishi bilan vojiblik darajasidan tushgandir. Haromlar ham turli xildir: ba`zilari gunohi kabira bo`lib jazosi jahannam otashidir; boshqalari esa gunohi sag`ira bo`lib kechirimlidir, ba`zilari kam miqdorda maqbul, ko`payganida esa vus`atdir. Allohning uyiga haj qilish Islom dinining azamatining nishonasidir. Baytullohga haj qilishni Alloh sizlarga vojib qilgan. Unda qibla bo`lib odamlar unga yuzlanadilar, va kabutarlar misoli unga panoh keltiradilar. Alloh uni azamati qarshisidagi bandalarning tavozesi , izzati qarshisidagi taslim bo`lish nishonasi qilib qo`ygan. O`zi tanlagan bandalari Qibla tarafga odamlarni doim da`vat qilib kelganlar, odamlar ka`ba atrofida Arsh atrofidagi farishtalar kabi yig`iladilar va tavof qiladilar, ibodatning eng foydali “tijorati†bu yerdadir va odamlar gunohlar yuviladigan makonga shoshiladilar. Bu yer – Islom dinining bayrog`idir! Panoh keltiruvchilarning ishonchli panohgohidir. Alloh Taolo bu yerga haj qilishni farzlarning biri qilib belgilab qo`ygandir. Sizlarning har biringizga u yerni ziyorat qilishni vojib qildi va shunday aytadi: “ Allohning uyiga borishga qodirlar uchun haj farz qilindi, mabodo kimiki kufr qiladigan bo`lsa Alloh btun olamlardan beniyoz va behojat zotdirâ€Â. (Ol Imron surasi, 97 oyat). Ikkinchi xutba Bu xutbani amiral-mo`minin Ali(a.s) Siffiyn jangidan qaytgandan keyin aytgan edi. Menga ne`matlarini komil qilib bergani , izzati qarshisida taslim bo`lganim va meni ma`siyatlardan asragani uchun Allohga shukr aytaman. Ehtiyoju-niyozlarimni faqat Allohdan so`rayman, zero U hidoyat qilgan bandalar hech vaqt gumroh bo`lmaslar, Unga dushmanlik qilgan bandalar esa najot topmaslar, U kafolatiga olgan bandalar esa hech qachon niyozmand va muhtoj bo`lmaslar. Unga hamdu sano aytaman zero bu ish tarozuning eng o`gir yuki, zaxira qilinadigan boylikning hazinasi hisoblanadi. Guvohlik beramanki, tanho Allohdan o`zga iloh yo`q, U sherigi bo`lmagan yagona ma`buddir, bu guvohliklar xolisligini sinaganmiz, va xolis ekanligini e`tiqod qilamiz, to tirik ekanmiz shu e`tiqodda qolamiz, kelajakda bizni kutayotgan qiyomatning dahshatli kuni uchun uni zaxira qilib olib qo`yamiz. Bu guvohlik iymonning qat`iy qarori, ehson va yaxshiliklar eshigi, Alloh rizoyatining sababchisi, shaytonni uzoqlashtiruvchi aslahadir. Guvohlik berib aytamanki, Muhammad (S.A.O.V) Allohning bandasi va elchisidir. U oshkor din, to`griso`zlik nishonasi, yozilgan Kitob, yorug` nur, yorqin ravshanlik bilan shubhalarni yo`q qilish uchun, aniq dalillar , oyatlar bilan keldi. U odamlarni Alloh bilan ixtilof qilishdan qaytarish, jazo bilan qo`rqitish uchun yuborildi. Hazrat Muhammad shunday bir davrda yuborildi-ki, odamlar fitnalar quyushqonida, iymon rishtalari qirqilgan holda , haqni tanish yo`llari og`irlashgan, ishlar parokanda, fitnalardan qochish yo`llari tor, panoh yeri ko`rinmas, hidoyat unutilgan, ko`rlik va gumrohlik keng yoyilgan, Rahmonga isyon shaytonga yorlik qilinayotgan, iymon yovarsiz qolgan, uning arkonlari qirqilgan mudhish bir paytda Rasululloh (S.A.O.V) Allohning risolati bilan kirib keldi. Odamlar shaytonga itoat qilishar, uning yo`lidan yurishar, u suv ichgan quduqdan suv ichishar, shayton nishonalarini odamlar oshkor qilib bayrog`i yuqori ko`tarilgan edi. Shayton fitnalari bilan odamlarni aldagan, oyoqosti qilgan , og`usi bilan zaharlagan, odamlar bexabar, sargardon holda eng yaxshi uy (Ka`ba) oldiga eng yomon qo`shnilarga (butv asanamlarga ) joy berishgan edi. Uyqulari – bedorlik, surmalari – ko`z yoshlari edi, yurtdagi donishmandlar- sukutda , johillari esa izzat va ehtiromda edi. Xutbaning Payg`ambar (S.A.O.V) va ularning ahli baytlariga ishora qilingan qismi Ular Allohning asror yeri, farmonlarining bajaruvchilari, ilm kosasi, ahkomlarining tarqatuvchilari, kitoblarining panohgohi, dinning ustivor tog`lari, ularning vositasi bilan dindagi vujudga kelgan egriliklar to`g`rilanadi va yo`qotiladi-ki din hamisha ularning vujudi bilan ustivor qolur. Xutbaning islom dushmanlari haqidagi qismi va Oli Muhammadning din asosi ekanligi haqida
|