Nahjulbalog`aDin dushmanlari fujur urug`larini ekdilar, g`urur suvi va firibgarlik bilan (islomni) sug`ordilar, mahsulotini ham oldilar. Mahsuli esa faqat nobudlik va baxti qarolikdan o`zga narsa emas edi. Ummatdan hech biri Muhammad va Oli Muhammadga teng kela olmas, chunki ular dinning asosi, iymon arkonidirlar. Ular haqida g`uluvga ketganlar orqaga qaytishlari va ular (Oli Muhammad) haqida orqada qolib ketganlar ularga yetib olishlari kerak. Hukumat ularda, Rasululloh (S.A.O.V)ning irs va vasiyatlari ham ulardadir. Endilikda haqqi unga qaytarilgandir. Uchinchi xutba Bu xutba “Shaqshaqiya†nomi bilan mashhur bo`lib, hazrat Alining mazlumligi va sabri haqida hikoya qiladi. Allohga qasmki, u (ya`ni Abu Bakr) xilofat ridosini kiyib olgan, ammo biladiki, men islom hukumati uchun tegirmonning charxpalagi kabi muhim hisoblanaman, zero charxpalaksiz tegirmon foyda bera olmas. U bilar ediki, ilm va fazilat chashmalari etagimdan otilib chiqqandir, “tafakkur qushlari†mening fikr qal`alarimga yeta olmaydi. Men esa xilofat etagini o`zimdan chiqardim, haqimdan kechdim, axir men ikki yo`l orasida boshim qotgancha turib qoldim, haqimni olish uchun tanho bo`lganim holda oyoqqa turaymi, yoki zulmat qurshab olgan bu og`ir sharoitga sabr qilaymi? Muhitning o`girligi shu darajadaki, yoshlarni – qari, qarilarni – noumid, iymonli bandalar ranju-mashaqqatga soladigan muhitdir. Oxiri sabr qilmoqlik aqlga yaqinroq ishdir degan xulosaga keldim, va sabr qildim, lekin bu men uchun shunchalik o`g`ir ediki, go`yo ko`zlari gardu-g`uborga to`la, tomog`iga suyak tiqilgan odamning holati kabi ahvolda edim. O`z ko`zlarim bilan merosimni talon-taroj qilishayotganligini ko`rib turardim. Toki birinchisi o`z yo`liga ketdi (ya`ni o`ldi) va xilofatni Xatobning o`g`liga topshirdi. Ajab, tirikligida butun xalq oldida kechirim so`rab, xilofatni menga topshirmoqchi bo`lgan odam , o`limidan oldin uni kelinni nikohlab bergandek birovga berib ketdi, har ikkalalari navbatma navbat xalifalikdan bahramand bo`ldilar. Xalifalik shunday bir badjahl, qattiq qo`l odamga topshirildiki, uni jilovlanmagan tuyaga o`xshatish mumkin. Negaki, agar bilmasdan o`zanidan qattiqroq tortib olsang tuyaning burni yirtilishi mumkin, agar bo`sh qoysang yiqilishing aniq. Allohga qasam bo`lsin, xalq ranj va noqulaylikda , g`alati o`zgarishlar girdobiga g`arq bo`lgan edilar, men bu uzoq muddatda sabrli bo`lishdan boshqa choram yo`q edi. Keyin u Umar) yo`lga ketdi (o`ldi), undan oldin xilofatni sho`roga topshirib ketdi va men ham ana shu sho`roning a`zosi edim. Allohning o`zi bunday sho`rodan asrasin! Qachon men hal qiluvchi bo`lgan edimki, bu sho`roda hal qiluvchi bo`lay?! Lekin men past keldim va ular bilan hamkor bo`ldim (islom dinining poydorligi yo`lida). Men sho`roga kelganimda ularning (sho`ro azolarining) ba`zilari qolib ketgan ginalari tufayli mendan yuz o`girdilar, ba`zilari qarindosh – urug`chilikni haqiqatdan afzal bildilar, birining e`tirozi ham (menga nisbatan) sababli ediki, uni aytish odamga oson emas ayanchlidir. Shunday qilib oxiri “uchunchi†xalifa bo`ldi, u och qolgan tuya kabi baytul- moldan qornini to`yg`azishga kirishdi va otasining qavmu-qarindoshlarini turli vazifalarga saylash yo`li bilan “rozi†qilishni boshladi. Ular ham och qolgan tuyalar bahorda ekinzorga hujum qilganlaridek, baytul-molni g`orat qilishga kirishdilar, ular yenglarini shimarib ochko`zlik bilan baytul- molni yamlamay yutardilar, oqibatda qurgan xilofatlari paxtadek yumshoq, ya`ni nopoydor bo`lib, yemoqning qusmog`i bor qabilida to abad nobud bo`ldi. Xalqning Ali bilan qilgan bay`atlari Odamlar tiqinch bo`lib oldimga kelib xalifalikni qabul qilishimni talab qilishar edi, ular har tarafdan bostirib kelardilarki, hatto ko`zimning nuri bo`lmish Rasulullohning suyukli nabiralari Hasan va Husaynlar oyoq ostida qolishlariga oz qolgan edi. Odamlar sonining ko`pligidan meni ezib hatto ridoyimning ikki yoni yirtilib ketgan edi, bo`ri hamla qilgan gala cho`ponning atrofiga qanday yig`ilsalar odamlar mening atrofimni ham shunday o`rab olgan edilar. Odamlar qattiq turib mening xalifa bo`lishimni talab qilishgan edi va men rozi bo`lishga majbur bo`ldim. Lekin xilofatni qabul qilganimda esa ba`zilar ahdu-paymonlariga xiyonat qildilar, ba`zilar turli bahonalar bilan menga itoatsizlik qildilar, dindan chiqdilar, ba`zilar haqqa boyinsunmadilar (Siffiyn jangini boshlab yubordilar), go`yoki quyidagi oyatni eshitmagandek:
|