Nahjulbalog`a



Shayton va uning hizbi haqida

Ogoh bolingiz!  Shayton o`z hizbini to`pladi, piyoda va suvoriy lashkarlarini tayinladi, ammo men basirat va ogohlikni qo`ldan berganim yo`q, men o`zimga haqiqatni kiyinturganim yo`q va haqiqat ham menga kiyintirilgani yo`q! Allohga qasamki ularni girdobga g`arq qilamanki, mendan boshqasi bu ishning uddasidan chiqa olmas, bu girdobga tushganlar hargiz undan qutulib chiqa olmaslar, ammo qutulib chiqqanlar hech qachon bunday sahnaga qaytmaslar.

Hazrat Ali (a.s) Jamal jangida bayroqni farzandi Muhammad Hanafiyaga berayotganida aytganlari:

Agar tog`lar qaltirab ketsalar ham sen mahkam va ustivor bo`lgin, tishingni tishingga qo`yib , miyangni Xudoga oriyat ber, qadamlaringni  yerga mix qoqayotgandek mahkam bos, dushman lashkarining oxirgi saflariga nigohingni qadagin, ulardan ogoh bo`lib turasan va qo`rquv beradigan sahnalardan ko`zingni olin qochgin. Bilginki, nusrat va g`alaba Alloh tarafidan beriladi.

Imom Ali jangda g`alaba qozonganida yoronlaridan biri “Koshki akam bu yerda bo`lganda edi”-deganida imomning aytganlari

Imom Ali yoronidan so`radilar: Akang qalbi va fikri bilan biz tomonda edimi? Shunda sahobalari “ Ha, biz tarafda edi,-deb javob berdi. Imom “Unday bo`lsa akang ham biz bilan bo`lgandek hisoblanadi, nafaqat u balki hali otalari belidagi va onalari qornilaridagilar ham aqidalari biznikidek bo`lganlari uchun bizga sherikdirlar. Ularning ravishlari bizning ravishimizdek jangda esa bizga sherik hisoblanadilar. Yaqin orada ular tug`ilajaklar va din va iymon ularning vositalarida kuch-quvvatga to`ladi.

Jamal jangidan keyin Basra aholisini mazzamat qilib aytganlari

Sizlar “ayol” jangarilari bo`ldingiz, tuya hayvoning mutelari edingiz, sizlarni chaqirganida oyoqqa turardingiz va qochishi bilan qochar edingizlar, sizlarning axloqlaringiz tuban, paymonlaringiz uzilgan , dinlaringiz yuzaki, shahringiz suvi sho`rdir. Sizlarning orangizda yashashni istagan odam gunohlar domiga giriftor bo`ladi, chunki yo sizlarning gunohlaringizga sherikdir, yoki gunoh qilayotganingizni ko`rib turib indamaydi. Agar sizlardan uzoqlashsa Allohning rahmatiga yaqinlashgan bo`ladi. Go`yoki sizlarning ustlaringizga yeru osmondan yog`ayotgan Allohning azobini va hammaning g`arq bo`lganini  ko`rib turgandekman, faqatgina qurilgan masjidning uchi g`arq bo`lgan kemaning uchidek ko`rinib turgandek.

Bundan oldingi xutbaga o`xshagan xutba

Sizlar yashayotgan yer suvga yaqin va osmonga uzoqdir. Yengil o`ylaydigan aqlingiz, kaltafahm fikringiz bor. Sizlar kamon otish uchun munosib mo`ljal, mutakabbirlar uchun yog`lik luqma, ovchilar uchun tayyor ovdirsizlar.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 next