Nahjulbalog`aBirinchi xutba Barcha shukr va hamd Allohga bo`lsinkim, Uning madhidan hamma ojizdir. Zabardast hisobchilar ham Uning nematlarini sanashdan ojizdirlar, harakatchan tirishqoq odamlar Uning haqini ado etaman deb urinsalar-da bu ishning uddasidan chiqa olmaslar, chuqur fikr yurutuvchilar ham Uning zotini dark qilishdan ojizlar, ilm daryosiga sho`ng`uvchi olimlar Uning ilmi oldida notavondirlar, kimki U zotni sifatlamoqchi bo`lsa bu amri maholdir, U zot muayyan vaqt va zamonga bo`g`lanmagan va makonga ehtiyojmand emasdir. U maxluqlarini qudrati bilan yaratgan, shamollarni rahmati bilan yo`naltirgan, yerning mustahkamligini tog`lar bilan ta`minlagan zotdir. Allohni tanish bobida Dinning avvali – Uni tanishdir. Ma`rifatning kamoli esa – Uning zotini tasdiq qilishdir. Tasdiqning kamoli esa – Uning yagona ekanligiga shahodat berishdir. Tavhid (yakkaxudolik)ning kamoli – ixlosdir, ixlosning kamoli – Unda bo`lmagan (ya`ni maxluqlarning) sifatlarni zotidan inkor qilishdir, bu sifatlar sifatlanmish tomonidanmi yoki sifatlanmish sifatlar tomonidanmi baribir, kimki Xudoni maxluqlar sifati bilan sifatlasa, Uni o`tkinchi sifati bilan sifatlagan bo`ladi, kimki Uni o`tkinchi deb sifatlasa, Uni sonini ko`paytirgan bo`ladi, xuddi Uning zoti bir necha bo`laklardan iboratdek qilgan bo`ladi, va agar kimda-kim shunday qilsa , demak Uni aslo tanimabdi. Kimki Uni tanimasa, U tarafga ishora qilgan bo`ladi, kimki u tarafga ishora qilsa, Uni chegaralab qo`ygan bo`ladi, kimki Uni chegaralagan bo`lsa, Uni sanoqli qilgan bo`ladi. Agar birontasi “Xudo qayerda?â€Â-desa Uni nimaning ichidadur qaror bergan bo`ladi, kimki “U nimaning ustida?â€Â-desa , boshqa joyni Undan xoli qilgandek bo`ladi. U doim bo`lgan va biron narsadan yaratilgan emas, balki U – hamma narsani yaratgandir. U doim bor va yo`q bo`lmaydi, hamma narsa bilandir lekin uning tarkibiy qismi emasdir, o`zgartiruvchidir, lekin o`zi begona emasdir, har ishning bajaruvchisidir, lekin buning uchun qurol va asbob, harakat qilishga muhtoj emasdir, ko`ruvchidir hatto yaratgan maxluqlari bu sifatdan mahrum bo`lganliklarida ham, U yagonadirkim, birovga bog`lanib qolmagan , shuning uchun ayriliqdan qo`rqmaydi. Dunyoning yaratilishi Xudovand havotirlanish va o`rganishlarsiz, fikru-andisha, tajribalarga suyanmagan holda mavjudotni yaratdi, har bir mavjudot uchun muayyan vaqtni belgilab qo`ydi va turli xil mavjudotlar orasida hamohanglik yaratdi. Har bir mavjudot uchun xos g`arizalar yaratib ularni daf qilish yo`llarini ham berib qo`ydi. U ularni yaratmasdan oldin ularning juz`iyot va holatidan xabardor edi, ularni qamrab olgan va tashqiyu-ichki dunyosidan ogohdir. So`ngra Alloh havoning qatlamlari orasini ayirib g`ariza ato etdi, bo`shliqlar yaratdi, ularning ichida suv tomchilarini dumalatib qo`yib, oquvchan qilib qo`ydi va shamolu-tufonlarga ko`tartirib qo`ydi. Alloh bu suvni saqlashni unga amr berdi, suvni saqlay olish qobiliyatini ato etdiki, ostida bo`sh yerlar bo`la turib u har tarafga harakat qila oladi. Alloh Taolo tufonni suvga zarba berib uni har tarafga tarqatishi uchun yaratdi, u suvdan to`lqinlarni harakatga keltirib dengizlarda to`lqinlar mavjlanishini vujudga keltiradi. Shiddat bilan to`lqinlarga uriluvchi tufon suvning qatma-qat oralariga ta`sir qilib uni ag`darib tashlaydi (aralashtiradi), yuzaga kelgan ko`piklar qirg`oqqa chiqadi, ular o`z navbatida keng havo bo`ylab tarqalib yuqoriga ko`tariladi, natijada osmon yetti qavati hosil bo`ladi, yuqori qavati xuddi tomdek ustivor va mahkamdir, ustunlarga suyanmagan va mix bilan qotirilmagan holda bo`lsa ham, pastki qavat esa dengiz to`lqini kabi hayajon va harakatdadir. So`ngra osmonlarni yorug` yulduzlar bilan ziynatladi, oy bilan charog`on qildi va uni osmonda suzdirib qo`ydi. Farishtalarning yaratilishi So`ng baland osmonlarni ochib turli farishtalar bilan to`ldirdi, ularning ba`zilari faqat sajda qilib ruku qilmaslar, ba`zilari ruku qilib qiyomda turmaslar, ba`zilari tarqalib ketmas saflarda tizilib turadilar, ba`zilari faqat tasbeh aytib hech ham toliqmaslar, uyqu ularning ko`zlarini ilintira olmas, ularning aqllari esdan chiqarib qo`ymas, badanlari sustlashmas, g`aflatda qolmaslar. Boshqa guruh farishtalar esa vahiy qo`riqchilaridir, ular payg`ambarlarga hukm va farmonlarni yetkazib berarlar, shuning uchun doim harakatdalar. Boshqa guruh esa odamlarning qo`riqchilaridirlar, jannat eshikbonidirlar, ularning ba`zilarining oyoqlari yerda mahkam o`rnashgan bo`lsa bo`yinlari esa osmonning eng yuqori qatlamidan ham oshib ketgandir, ular jahonning chegarasidan oshib ketganlar, yelkalarida Alloh arshini tutib turarlar, uning qarshisida yuzlarini yerga qaratib, qanotlarini yig`ishtirgan holdadirlar. Ularning orasida darajalari quyiroqda bo`lganlari bo`lib, ularni izzat hijobi va qudrat pardalari to`sib turadiki hargiz Xudovand qudratini tasavvur qila olmaslar, maxluqot sifatlarini, makonni parvardigorlariga nisbat bermaslar, U tarafga ishora qilib ko`rsatmaslar (chunki buning iloji yo`q, axir Xudovand hamma yerda bor va makondan tashqaridadir). Odamning yaratilishi
|