Nahjulbalog`aMenga yetib kelgan xabarga ko`ra Busur Yaman ustidan g`alaba qozonibdi, Allohga qasamki, yaqin orada ular sizlarni tezda mag`lub qilishlarini bilgan edim. Zero ular botil ustida birlashganlar, sizlar esa haq ustida parokandasizlar. Sizlar rahbarlaringizga itoatsizlikda oyoqqa turdingizlar, lekin ular botil yo`lda rahbarlariga itoat qilgan suratda otlandilar. Ular rahbarlariga nisbatan omonatdor edilar, sizlar esa rahbarlaringizga xiyonat qildingizlar. Ular shaharlarida islohot bilan ovora bo`lsalar sizlar esa fasod bilan qorishgandirsizlar. Agar men birontangizga stakanni omonatga topshirsam, darz ketishidan havotirda bo`laman (chunki omonatdor emassizlar). Yo Ilohim, shunchalik pandu-nasihat qilaverganimdan ular mendan charchadilar, men ham ulardan charchadimmen ularga malol kela-yotgan bo`lsam ular ham menga malol kelyaptilar. Shuning uchun ularning o`rniga yaxshiroqlarini qo`y, mening o`rnimga esa ularning ustiga mendan yomonini rahbar qilib qo`y. Allohim, bularning dillarini suvda erigan tuz kabi erit! Ogoh bo`linglar, sizlarning o`rnilaringizga bani Firos bin G`anamning ming suvoriysi bo`lgani men uchun afzaldir. Ularning yordamida dushmanlarni tor-mor qilgan bol`ar edim. Johiliyat davrida arablarning hayotlari haqida xutba Xudovand Payg`ambar (S.A.O.V) ni risolati uchun tanladi, to dunyo ahlini ogohlantirsin, u davrda sizlar eng yomon xalq edingizlar, eng yomon din egasi edingizlar, eng yomon yerlarda yashar edingizlar, quruq toshlar orasida kar ilonlar bilan (kar ilonlar hech narsadan qo`rqmaydilar), iflos suvlarni ichib, yomon ovqatlar bilan oziqlanib yashar edingizlar. Bir-birlaringizning qonlaringizni behuda to`kar edingizlar, qarindoshchilik rishtalarini uzar edingizlar, butlarga sig`inib yashar edingizlar, hamma tomonlama gunohlarga g`arq bo`lgan edingizlar. Xutbaning davomi boshqa mavzudadir Qarasam, haqimni olishga xonadonimdan boshqa ko`makchilarim yo`qdir, ularning o`limlarini istamadim, changu-g`uborga to`la ko`zlarimni yumdim, halqumimga tiqilgan suyak bilan hodisalarni ho`pladim, bu ish juda achchiq edi men uchun , lekin men chidab sabr qildim. Xutbaning bu qismida Amr bin Osning hayoti haqida so`z ketadi U Muoviyaga shunchaki bay`at qilmadi, balki shart qo`ydi. Sharti esa qimmatli narsani (Misr voliyligini olishi) edi. Bu shum kelishuvda sotuvchining qo`liga foyda tegmaydi. Pulini tikkan xaridor ham rasvo bo`ladi. Endilikda ular hukumatga kelib xalqqa jabru-zulm qilayotgan paytlarida sizlar ularga qarshi sabrni qurol qilib olgan holatda barg hashak to`planglar va yondiringlar to ular ham yonib kul bo`lsinlar (ya`ni ularga qarshi jangga otlaninglar). Bu xutbani hazrat amiral-mo`minin Ali (a.s) Muoviyaning lashkarlari Anbor shahriga hamla qilishganini eshitganida aytgan edi;
|